Get Mystery Box with random crypto!

​​IQROR Taqvimni devordan yulib otaman, Agar o‘tgan bo‘lsa bi | Nosirjon JO‘RAYEV | ijodiy kanal

​​IQROR

Taqvimni devordan yulib otaman,
Agar o‘tgan bo‘lsa bir kunim dardsiz.
Balki butun umrim bilan xatoman,
Ammo men hech kimman xotiralarsiz.

Gul dedim, bu hayot bir chaman berdi,
Gullar suvdek oqdi anhorlarimda.
Menda o‘ylash uchun fursat bor edi
Qayta-qayta kelgan bahorlarimda.

Biroq hayotimdan yasadim o‘yin,
Guldek xazon qildim har o‘tgan kunni.
Endi yechmoq qiyin, unutmoq qiyin
Yuragimda qolgan eski tugunni.

Bugun shivirlayman o‘zimga sekin:
Mayli, kelgusim ham o‘tmasin dardsiz.
Ehtimol, baxtiyor bo‘larman, lekin
Men kim ham bo‘lardim xotiralarsiz.

Nosirjon Jo‘rayev
Muhabbatdan so‘ng...


https://t.me/Nosirjon_Jorayev