Get Mystery Box with random crypto!

1. Siz erkinlik va mustaqillik yolini tanladingiz. Bu tuygular | Norin Yoshlari

1. Siz erkinlik va mustaqillik yolini tanladingiz. Bu tuygularsiz, hatto, nafas olishingiz ham mushkul. Faqat ozingizgagina tegishli bolgan shaxsiy xududingiz bolishini juda istaysiz. Bir qarorga kelishdan avval barcha yollarni tahlil qilish odatingiz ishda ham, oilada ham doim qol keladi. Maqsad sari olga intilishda kopchilik sizdan ornak olsa arziydi. hayotiy quvvatingizni togri yonaltira olganligingiz tufayli barcha istaklaringizga erishasiz.

2. Bu yolak – oz hayollaringizda yaratib olgan kichik olamingiz tomon qaratilgan bolsa ajabmas. Bu olamda ortiqcha odamlarga orin yoq, negaki yolgizlikni xush korasiz. hatto sayohat, turli tadbirlarda ham oz hayollaringiz bilan yuzma-yuz qolishga intilasiz. Chunki, sizga enaga ham, janjallashish uchun biror kimsa ham kerakmas. Garchi dostlaringizni yaxshi korsangizda, vaqti-vaqti bilan holi qolish istagi ustun keladi.

3. Qiziqarli sarguzashtlar, chinakkam gozallik va his hayajonlarsiz hayotingizni tasavvur eta olmaysiz. Sukunat va yolgizlikni oz dushmaningizdek qabul qilasiz. “Beshikdan to qabrgacha ilm izla” bu hikmatli sozlarni hayotiy shioringizga aylanib ulgurgansiz. Qiziquvchanligingiz tufayli, xech narsani etibordan chetda qoldirmaysiz.

4. Tanlagan yolingizga qarab, har qadamda sirli voqealar izingizdan soyadek ergashib yurishini aytishimiz mumkin. Ehtimol biroz, jizzakilik va shoshqaloqlik ham sizga begona emasdir. Buni avval soylab, keyin oylash odatingizdan bilib olish mushkul emas. Ornatilgan qoidalarni buza olish xususiyatingiz tufayli ham atrofdagilarni doim hayratga solasiz. Biroq vaqtingizni havoga sovurayotganingizni yuzingizga ochiq aytishga xech kim jurat qilolmayotgan bolsachi, shu haqda ham bir oylab qoring.

5. Bagri keng insonsiz. Siz uchun tinchlik-xotirjamlik baridan ustun. Bazilarga oxshab xar qanday yol bilan maqsadingizga etishishni istamaysiz. Chunki siz uchun natijadan ham kora, marraga eltuvchi yolni mazmunli bosib otish muhimroq-da. Ruhiy xotirjamlikka erishish uchun oqim boylab suzasiz. Muammolarni chetlab otishda oldingizga tushadigani kam topiladi.

6. Siz tinchik yolini tanladingiz. Hayotingiz davomida yolgizlik, osoyishtalik va ehtiyotkorlik doimiy hamrohingiz sanaladi. Dostlaringizga doim sodiq va eshitishga tayyor sirdoshsiz. Balki shu sababdan ham siz bilan dostona munosabatlar ornatishni istovchilar ko`plab topiladi. Sizni chinakkam faylasuf deyish mumkin. Yangi tanishlar orttirib ham eski qadrdonlaringizni yoddan chiqarmaysiz.