Get Mystery Box with random crypto!

Eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar Savol: XNUga hujja | Nordic International University

Eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar

Savol: XNUga hujjat topshirish to‘lovi qancha? Firma to‘lovi bormi?

Javob: Hujjat topshirish va imtihonda ishtirok etish mutlaqo bepul! Xalqaro Nordik universiteti konsalting firmalari bilan hamkorlik qilmaydi. Hujjatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri universitet qabul sayti
https://admission.nordicuniversity.org/ orqali qabul qilinadi.

Savol: O‘qish qachondan boshlanadi?

Javob: 25-30-sentyabr
kunlari birinchi kursga qabul qilingan kunduzgi ta'lim talabalari uchun
“Orientation Week”, sirtqi ta'lim talabalari uchun “Orientation
Day”
o‘quv-tanishuv darslari boshlanadi.

Savol: Xususiy universitetning diplomi o‘tadimi?

Javob: Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonuni 31-moddasiga muvofiq, Davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablariga muvofiq nodavlat universitetlar bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi.Tegishli litsenziyaga ega nodavlat oliygohlarning diplomi bevosita tan olinadi. Ularning diplomlari davlat oliygohlari diplomi bilan tengdir. (huquqiy asos).

Savol: Xususiy universitetlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish mumkinmi?

Javob: Ta'lim davrida xususiy universitetdan davlat oliygohiga imtihon asosida o‘qishni ko‘chirish imkoniyati ham mavjud.

Savol: Xalqaro Nordik universiteti HEMIS tizimiga ulanganmi?

Javob: Xalqaro Nordik universiteti talabalari uchun o‘quv jarayonlari "HEMIS" axborot tizimi orqali tashkil etiladi.


Eslatib o‘tamiz, XNUda qabul davom etmoqda.

Hujjat topshirish bo‘yicha video yo‘riqnoma



Litsenziya

Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun:


+998555084400
@nordikedu

Web-site Telegram Instagram YouTube Facebook