Get Mystery Box with random crypto!

Eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar Savol: Xalqaro Nor | Nordic International University

Eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar

Savol: Xalqaro Nordik universitetiga qabul davom etyaptimi?

Qabul davom etmoqda. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing

Bakalavr
Magistratura

Savol: Universitetga o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi?

Bakalavriat (turdosh) yo‘nalishlari 2-bosqichiga o‘qishni ko‘chirishingiz mumkin O‘qishni ko‘chirish

Savol: Grant bormi?

Kirish imtihonlarida eng yuqori ballarni to‘plab, "Top-20"talikka kirgan talabalarga davlat va universitet grantlari ajratiladi!

10 ta davlat granti Kompyuter injiniringi va Psixologiya yo‘nalishiga eng yuqori ballar egalariga (4 yil bepul ta'lim);

5 ta 100% va 5 ta 50% lik universitet grantlari barcha yo‘nalishlar bo‘yicha eng yuqori ballar to‘plagan talabalarga beriladi.

Savol: Sirtqi ta'lim shakli ham bormi?

XNUda sirtqi ta'lim 3 va 4 o‘quv yilidan iborat. Sirtqi ta'lim yo‘nalishlariga stajsiz va staj asosida qabul davom etyapti Sirtqi ta'lim yo‘nalishlari

Savol: Hujjatlar qanday topshiriladi?

Ushbu havola orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish mumkin

https://admission.nordicuniversity.org/

Hujjat topshirish bo‘yicha video yo‘riqnoma



Litsenziya

Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun:


+998555084400
@nordikedu

Web-site Telegram Instagram YouTube Facebook