Get Mystery Box with random crypto!

Insonlar odatda yillar davomida sog’ligidan kechib pul topisha | NORBEKOV MARKAZI

Insonlar odatda yillar davomida sog’ligidan kechib pul topishadi. Topgan pullariga qayta sog’ligni tiklashga harakat qilishadi.

Ba’zilar sog’ligini tiklay olishadi ba’zilar esa yo’q. Bundan 20 yillar ilgari belimda (grija) bilan 100 qadam ham yurolmay qolgan paytlarim sog’liqni qanchalik muhim ekanligini tushinib yetdim.

Bemor holimda ishga borib kelardim ammo, sog’ligingizda muammo bo’lar ekan siz erkin yashay olmaysiz.

Moliyaviy mustaqillikka erishish uchun sog’liqdan kechib boylikka erishish emas, sog’liqni o’ta mustahkam qilib bor kuchni qilmoqchi bo’lgan ishga qaratsa natijalar a’lo bo’ladi.

Shu kasallikdan qutilganimdan to bugungacha sport bilan faol shug’ullanib kelaman. Chet elga sayohat uchun tez-tez borib turaman.

Aniq aytolamanki, sog’ligingizda muvozanat buzilsa sayohat-u o’yin kulgu ko’nglingizga sig’maydi.

Ulamolarimiz 5 ta narsani qadriga yet deb ular orasida sog’liqni bejizga qo’shmagan.

Shaxsan men shunday deb o’ylayman va butun sistemamiz shu prinspga amal qiladi. Moliyaviy mustaqillikga erishish sog’ligingizni mustahkam bo’lishidan boshlanadi.