Get Mystery Box with random crypto!

​Brayl alifbosi : Brayl alifbosi - boʻrtma nuqtalardan iborat | No Poisk🚫

Brayl alifbosi :

Brayl alifbosi - boʻrtma nuqtalardan iborat alifbo. Koʻzi ojizlar oʻqish va yozishi uchun moʻljallangan. Brayl alifbosi asosida 6 nuqtani turli vaziyatda uygʻunlashtirish yotadi.

Brayl alifbosi fransuz tiflopedagogi Lui Brayl (1809–1852) tomonidan 1824-yilda ixtiro qilingan. Lui etikdo‘zning o‘g‘li bo‘lgan. 3 yoshlik vaqtida u otasining ustaxonasida sarrojlik pichog‘idan qattiq jarohat olgan, shu tufayli bolakay asta-sekin ko‘z nurini yo‘qota boshlagan.
15 yoshiga kelib bola ko‘zi ojizlarga yozish va o‘qish imkonini beruvchi nuqtali alifboni ishlab chiqqan.

Brayl alifbosida dastlabki kitob Fransiyada 1837-yil chop etilgan.
Oʻzbek-kirill alifbosi ifodalangan Brayl shriftida oʻzbek yozuvchilaridan A. Qodiriy ("Oʻtgan kunlar") va V. Gʻafurov ("Vafodor") asarlari nashr qilingan.

15 yoshli bolakayning bu ixtirosi millionlab odamlarga imkoniyati cheklanganiga qaramay, ta'lim olish imkonini yaratdi.

Ilmiy_kashfiyotlar

@nopoisk