Get Mystery Box with random crypto!

Bir yelkamda rahmon bor, Bir yelkamda shayton. Goho birin unut | Безымянный

Bir yelkamda rahmon bor,
Bir yelkamda shayton.
Goho birin unutib
Ketaman biri tomon

Biri deydi: gʻaflatda qolib ketma quloq sol.
Biri deydi: umr kam bilganingdek yashab ol.
Oʻyga tolaman tunlar, ikkiga boʻlinar tanam.
Injiq ruh orom bermas, qoʻlga olaman qalam.

Oq qogʻoz roʻparamda, qoʻlda qalam, hayol jam ,
Shunday boʻlsada lekin, oʻylasam, nimadir kam.
Balki, oʻsha ilhom bahsh hurlar meni tark etdi,
Balki, yana bilmadim umrim poyonga yetdi.

Nima koʻrdim yosh jonim, umr oqar suv ekan,
U yon bu yon turtilib, ohiri yakun ekan.
Anglab yetganim shuki, hayot bu oʻyin ekan,
Chin dildan qaygʻurguvchi bu faqat ona ekan.

Mo'min Xolmurodov