Get Mystery Box with random crypto!

#Kun_Xadislari Abu Hurayra rivoyat qiladilar: Rasululloh sall | Asosiy Kanalga O’tish

#Kun_Xadislari

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: “Umr tez o‘tadigan bo‘lib qoladi, ezgulik kamayib boradi, xasislik kuchayadi, fitnalar yuzaga keladi va harj ko‘payadi”, - dedilar. Sahobalar: “Yo Rasululloh, harj nima?” - deyishdi. U zot: “Qotillikdir, qotillikdir!” - dedilar”.

Shaqiq rivoyat qiladilar: “Abdulloh va Abu Muso bilan birga o‘tirgan edim, ular menga: “Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytganlar”, - deyishdi: “Qiyomat qoim bo‘lishi arafasida jaholat kuchayib, qotillik ko‘payadi”. (Imom Al Buxoriy)


@NomozlarVaqt