Get Mystery Box with random crypto!

Sheʼriyat Ketayotgan boʻlsa toʻsma yoʻllarin, Shunchaki omon | 𝓝𝓸𝓶𝓪𝓵𝓪𝓻𝓲𝓶

Sheʼriyat

Ketayotgan boʻlsa toʻsma yoʻllarin,
Shunchaki omonlik tilab qoʻygin bas.
Qoʻyib yubordimi, sening qoʻllaring?
Demak, u shunchaki seniki emas!

Iltijo toʻkmasin koʻzlaringga ayt,
Yurak titrogʻiga eʼtibor berma...
Shunchaki eshikgacha kuzatgin-u qayt,
Balki, bu xayrli boʻlgan xotima.