Get Mystery Box with random crypto!

Ravishlar shakliga ko‘ra ikki guruhga: sodda va yasama ravishl | Ingliz Tili | Noldan

Ravishlar shakliga ko‘ra ikki guruhga: sodda va yasama ravishlarga bo‘linadi.

Sodda ravishlar: 
here - shu yerda, bu yerga, 
there - u yerga, o‘sha yoqda, 
now - hozir, endi, 
almost - qariyb, deyarli, 
soon - yaqinda, tez orada 

va boshqalar.

Yasama ravishlar guruhiga sifatga -ly qo‘simchasini qo‘shish bilan yasalgan ravishlar kiradi:
easily - osonlik bilan,
quietly - bemalol, 
slowly - sekin, asta 

va boshqalar

Yana bir qator ravishlar boshqa so‘z turkumlaridan yasalgan: 
daily - har kuni, kunlik,
weekly - haftalik, 
monthly - oylik 

va boshqalar.

Fast, long, far, little, much, early, daily kabi bir qancha ravishlar xuddi shu shakldagi sifatlardan farq qilmaydi. Shuning uchun ularni gapdagi bajargan sintaktik vazifasidan farqlash mumkin, ya’ni, sifat otni aniqlaydi, ravish esa fe’lni yoki boshqa bir ravishni aniqlaydi.

Ayrim ravishlar ikki xil shaklga ega: birinchisi shu shakldagi sifatning shakliga o‘xshaydi, ikkinchisi esa -ly qo‘shimchasi bilan tugaydi. U holda -ly bilan tugagan ravishning ma’nosi sifat bilan bir xil shakldagi ravishdan farq qiladi.

@noldan_ingliz_tili