Get Mystery Box with random crypto!

109 - dars: Aniq artiklning otlar bilan qo'llanishi (III qism) | Ingliz Tili | Noldan

109 - dars: Aniq artiklning otlar bilan qo'llanishi (III qism)

The+birlikdagi sanaladigan ot birikmasi shu turdagi predmetlarning umumiy nomini (turini) bildirib keladi.
The rose is my favourite flower. (Atirgul - mening sevimli gulim.)
The giraffe is the tallest animal in the world. (Jirafa dunyodagi eng baland hayvon.)
The computer has changed our life completely. (Kompyuter bizning hayotimizni butunlay oʻzgartirib yubordi.)
The telephone was invented in 1876. (Telefon 1876 yil kashf qilingan.)

Yuqoridagi misollardan koʻrinib turibdiki, 'the telephone' deganda biz bir aniq telefonni emas, shu predmetning umumiy turini nazarda tutamiz. Bu yerda otning birlikda ishlatilishi juda muhim.

The + sifat yoki sifatdosh birikmasida sifat otlashadi va shu xususiyatga ega boʻlgan insonlar guruhini bildirib keladi, tabiiyki, bu birikma koʻplikdagi fe'lni talab qiladi.
the poor - kambag'allar
the deaf - karlar
the sick - kasallar
the rich - boylar
the blind - koʻzi ojizlar
the unemployed - ishsizlar
the disabled - nogironlar
the elderly - qariyalar
the injured - jarohatlanganlar

The legendary Robin Hood robbed the rich and gave the money to the poor. (Afsonaviy Robin Gud boylarni talagan va pullarni kambag'allarga bergan)
Life isn't easy for the unemployed. (Ishsizlarga hayot oson emas)
The injured were taken to hospital by ambulances. (Jarohatlanganlar tibbiy yordam mashinalarida olib ketildi)

The +millat nomi birikmasi butun bir millatni bildirib keladi va koʻplikdagi fe'lni talab qiladi.
the +sh/ch bilan tugaydigan millat nomlari:
The British - britaniyaliklar
The Dutch - gollandlar
The English - Inglizlar
The French - fransuzlar
The Irish - irlandlar
The Welsh - uelsliklar
The British and the Dutch do a lot of foreign trade.

Ikki xil shaklga ega millat nomlari:
The Danes/the Danish - daniyaliklar
The Spaniards/the Spanish -
ispanlar
The Swedes/the Swedish
- shvedlar

The+ - ese yoki - ss bilan tugaydigan millat nomlari:
The Chinese - xitoyliklar
The Japanese -
yaponlar
The Portuguese -
portugallar
The Sudanese -
sudanliklar
The Swiss - shveysariyaliklar
The Portuguese are very different from the Spanish.

Grammar Notes

@noldan_ingliz_tili‌‌