Get Mystery Box with random crypto!

102 - Dars: Sanaladigan va sanalmaydigan otlar (Countable and | Ingliz Tili | Noldan

102 - Dars: Sanaladigan va sanalmaydigan otlar (Countable and Uncountable nouns)

Quyidagi otlar ingliz tilida sanalmaydigan otlar hisoblanadi. Qavs ichida bu otlarning sanaladigan jufti berilgan.
accomodation (a flat) - turar joy
scenery (a view) - manzara
information - ma'lumot
baggage - yuk
travel (a journey, a trip) - sayohat
news - yangilik, xabar
bread - non
weather - ob-havo
progress - rivoj, olg'a siljish
furniture (a chair) - mebel
advice (a suggestion) - maslahat
traffic (a car) - qatnov
luggage - bagaj, safar yuki
behaviour - xulq-atvor
trouble (a problem) - tashvish
permission - ruxsat
chaos - tartibsizlik
work (a job) - ish

Don't trouble trouble, until trouble troubles you. (Tashvish sizni tashvishga solmaguncha, siz uni tashvishga solmang)

Yuqorida sanalmaydigan otlardan keyin ularning sanaladigan jufti qavs ichida berilgan. Nutqda ishlatilganda ularni bir-biri bilan ma'noni o'zgartirmasdan almashtirib ishlatish mumkin, lekin grammatik qoidalarga (noaniq artikl, ko'plik) amal qilish lozim. Masalan, traffic so'zi sanalmaydigan ot hisoblanadi va ko'plikda ishlatila olmaydi. Uning o'rnini bosadigan a car so'zi esa ko'plikda ishlatilishi mumkin.
There is a lot of traffic in the streets. (traffics emas)
There are a lot of cars in the streets.
Please, give me some advice. (an advice emas)
Please, give me a suggestion.

Yuqoridagi sanalmaydigan otlar oldidan noaniq artikl (a/an) qoʻyib boʻlmaydi va ularning koʻplik shakli yoʻq. Masalan:
He gave me a good advice. (notoʻg'ri - sanalmaydigan ot oldidan noaniq artikl qo'llanilgan )
He gave me some advices. (notoʻg'ri - sanalmaydigan ot ko'plikda qo'llanilgan)
He gave me some good advice. (toʻg'ri)

Qoʻshimcha tarzda yana quyidagi sanalmaydigan otlarni keltirish mumkin:
clothing - kiyim-kechak
jewellery - zargarlik
lightning - chaqmoq
meat - goʻsht
money - pul
rubbish - axlat, chiqindi
shopping - bozor-oʻchar
soap - sovun
thunder - momoqaldiroq
toast - qizdirilgan non
equipment - uskuna

Ingliz tilida money- pul sanalmaydigan ot ekanligidan deyarli hamma talabalar ajablanishadi. Pul bu yerda umumiy tushuncha sifatida qoʻllanilganini, biz sanaydigan pullar aslida qog'oz banknotalar (a banknote) ekanini tushunib olish kerak.
Money is not everything.
news soʻzi birlikdagi ot hisoblanadi va birlikdagi fe'l bilan qoʻllaniladi.
No news is good news. (Xabar yoʻqligining oʻzi yaxshi xabar)

Yuqoridagi qoidalardan umumiy xulosalar chiqaramiz:
Sanaladigan birlikdagi otlar umumiy ma'noda har doim a/an artikli bilan qoʻllanishi lozim.
I have got a dog and a cat.
A dog is an animal.
Sanalmaydigan otlar oldidan umumiy ma'noda hech qanday artikl qoʻllanmaydi.
Milk is white.
I hate violence.
Koʻplikdagi sanaladigan otlar oldidan umumiy ma'noda hech qanday artikl qoʻllanilmaydi.
Dogs are animals.
All cars have wheels.

Otlarning umumiy ma'nosi deyilganda, otlarning aniq biri yoki aniq bir miqdori nazarda tutilmasdan, ular haqida umumiy fikr yuritilgan holatga yoki ma'nosiga aytiladi. Masalan:
A car is a useful means of transport. (a car - xohlagan bir avtomobil)
Cars have wheels. (Cars - hamma avtomobillar)
sugar - shakar (umuman shirin modda sifatida tushinilganda)
I don't like sugar. (Men shakarni yoqtirmayman.)
Sugar is imported into our country. (Shakar bizning davlatga import qilinadi.)

Grammar Notes

@noldan_ingliz_tili‌‌