Get Mystery Box with random crypto!

#Grammar Foydali grammatika! Tugallangan modallar Modal f | English platform

#Grammar
Foydali grammatika!
Tugallangan modallar

Modal fe’llari bilan “have/has+sifatdosh 2” shaklidagi fe’llar ishlatilishi mumkin. Ular o’tmishda sodir bo’lgan yoki bo’lmagan ish-harakatlarning nega sodir bo’lgan yoki bo’lmaganligini tahminan asoslashga nisbatan ishlatiladi. Bunday gaplar ingliz tili grammatikasidagi testlarda ko’plab uchraydi.

Modal fe’llarining tugallangan zamon bilan birga ishlatilishidagi asosiy farqlarini imkon qadar ixchamlashtirib, quyidagicha eslab qolish oson bo’lgan formulalar asosida tushuntirishga harakat qilamiz. Misollardagi “done” fe’li Sifatdosh 2 o’rnida ishlatilgan. “Done” fe’lining o’rnida har qanday boshqa bir Sifatdosh 2 shaklidagi fe’l ishlatilishi mumkin.

SHOULD HAVE DONE – bajarishi kerak edi, ammo bajarmadi. Bajarilishi maslahat berilgan edi.

SHOULDN’T HAVE DONE – bajarildi, ammo bajarilmasligi kerak edi. Bajarilmasligi maslahat berilgan edi.

COULD HAVE DONE – bajarishi mumkin edi, imkoniyati bor edi, ammo bajarmadi.

COULDN’T HAVE DONE – bajarmadi, ammo xohlab, harakat qilganida ham bajara olmagan bo’lar edi.

MIGHT HAVE DONE – bajargan bo’lsa kerak, o’tgan zamon ehtimoli (50% ehtimol).

MAY HAVE DONE – bajargan bo’lsa kerak, o’tgan zamon ehtimoli (50% ehtimol).

MUST HAVE DONE – bajargan bo’lishi kerak, o’tgan zamondagi tahminning kuchli aytilishi.

CAN’T HAVE DONE – bajargan bo’lishi mumkin emas, bajarilmaganligiga aniq ishonch bildirish.

𝐄𝐫𝐠𝐚𝐬𝐡𝐞𝐯 𝐔𝐥𝐮𝐠'𝐛𝐞𝐤 𝐤𝐨𝐧𝐬𝐩𝐞𝐤𝐭𝐢𝐝𝐚𝐧.

JOIN US:
@wall_st_fergana