Get Mystery Box with random crypto!

​​Ўқувчиларимиз ёпиқ гурухига россиядаги «Идеал бичувчи» онлай | Ноила Усманова | «SILUET» академияси

​​Ўқувчиларимиз ёпиқ гурухига россиядаги «Идеал бичувчи» онлайн курсимизнинг 3 потоки битирувчиси, шогирдимиз Саидова Гулнозахон жўнатмаси:

Assalom alekum aziz ustozlarim! Noila opa shunchalik kurs qilib oqitib yana tinch turmasdan shunday guruhlar tashkil qilib shunchalik bizga vaqt ajtratib bizni yanada o'sishimizga sababchi bolyotganingiz uchun rahmat kattakon Alloh rozi bolsin sizdan. Hamisha Alloh panohida boling

Bu kursda oqishdan oldin men andoza qurishni umuman bilmasdim matoni ozidan bichardim yoki shu matoga bichiladigandek qilib qogozga chizib fason chiqarib tikardim birinchi marafonda qatnashib tikkan koylagim shunaqangi konglimdek chiqqanki hammaga yoqgan qolibdek tushgan keyin demak organishim kk oqishim kerak deb Alhamdulillah shu 3 patokda oqidim va bundan judayam hursandman.

Kursni tugatmasdan ishlarim yaxshi bb ketti tinmasdan harakatdaman. Oilamiz bilan rassiyadamiz farzandim kichikligi uchun uyda ishlayapman. Hozirda bitta brendga andoza chiqarib baryapman uyda tikuvchilik ham qilyapman tikayotgan narsalarim hammasi idealniy chiqyapti va men qurib bergan andozadan foydalanayotganlar ham judayam maqtashadi har doim maqtov rahmatlar eshitsam yanada yaxshiroq qilishga harakat qilaman. Homiladorligim sabab kop ish ololmayapman talablar judayam katta. Hammasi uchun rahmat kattakon.


InshaAlloh aprelda uzbga qaytamiz oldimga katta maqsadlar qoyib ketyapman borib tumanimizda bitta qilib zo'r qilib atele va butik ochmoqchiman va oz brendimni yaratib kiyimlar ishlab chiqaraman ozimga bolgan ishonch kursdan keyin 101% Alhamdulillah

Men sizlardan eng kop kutayotgan narsam bu vehniy odejda kursi ozim kastyum shim tikganimga judayam qiziqaman yanada yaxshiroq organgim keladi hamma sir asrorlari bilan.

Пастдаги расмда Россияда бажараётган ишлари акс этган