Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum mani ismim Sadafa bu sohaga kirganimga hali y | Ноила Усманова | «SILUET» академияси

Assalomu alaykum mani ismim Sadafa bu sohaga kirganimga hali yil bo'lmadi. O'tgan yili kuz faslining noyabr oyida ming ikkilanishlar bilan o'rganishga qaror qildim. Sababi o'zimni sevimli kasbim bo'lishini xoxlardim. 2oy yosh dizaynerning yonida tajriba orttirdim. U aytgan ishlarni qilar edim. Bora-bora o'rgandim. Lekin bichishdan boshqa hammasini. Vaqt o'tib u yerdan ketdim va kursda bir tikuvchiga bordim. Ularning bichishlarini yomon demayman lekin negadir menga maqul bo'lmadi. Kiyimlar orginaldek ko'rinmasidi. Instagramda Noila Usmonovani ko'p kuzatardim ishlariga bolaligimdan havasim kelardi. 1-patokda o'qish nasib qilmadi bilmaganman. Fevral oylari mart oylarida online orqali bichishni o'rganishga qaror qildim. Bu mening tavvakkallik qarorim. Online orqali o'rganib bo'lishiga ishonchim bolmagan. Lekin xuddiki boshqa choram yoqdek offline kurslari yoqligi uchun majburdek tolov qildim. Noila Usmanovaga shogird tushishni judayam xoxlaganman. Yoq, man o'ylagan fikr bo'lmadi darslar zo'r umuman afsuzlanmiman togrisi hozir har qanaqa zakazni qabul qivomman. Yubka darsidan keyin bu kursda o'qiyotganimdan ich-ichimdan xursand bo'lib ketganman. Ana endi ko'nglim tolganini xis qildim.