Get Mystery Box with random crypto!

Sizning haqqingiz yo'q. Sizni sevgan va sizdan ko'ngil uzolma | Nodirbek Nabijonov

Sizning haqqingiz yo'q.

Sizni sevgan va sizdan ko'ngil uzolmagan insonlarning dilini og'ritib, ulardan xohlaganingizcha foydalanishga haqqingiz yo'q. Agar siz o'sha pokiza tuyg'ularini isrof qilgan go'zal qalbli insonlarning qadrini bilgan bo'lganingizda, derazadan qaraganingizda gullarning tikonlarini ko'rishning o'rniga bahorning va sevgining mujdasini keltiradigan moychechaklarni ko'rardingiz. Dunyoda faqatgina haqiqiy muhabbatning ko'p narsaga qodir ekanligini idrok eta olganingizda, haqiqiy ishqni o'z ichiga olgan yurakka hech qanday yomonlik ravo ko'rilmasligi kerakligini payqardingiz.

Chorasizligidan taslim bo'lgan insonlardan foydalanishdan ko'ra, ularni tushgan nochor vaziyatidan qutqarib oling. Hatto o'zi tushgan nochor holatda ham sizni sevishdan bir on to'xtamagan insonlarni pastga urmang. Tuyg'ular o'yinchoq emas, ular bilan zinhor o'ynashmang.Orzular osonlikcha vujudga kelmaydi, ularni puchga chiqarmang. Hayotda faqat orzulari bilan ovunadigan insonlarning qo'lidan shu imkoniyatni ham tortib olmang.

Siz boshiga tinmay qaro kunlar solgan insonlar bir kun sizning halokatingiz bo'ladi. Shunda sizni hech kim qutqara olmaydi.°