Get Mystery Box with random crypto!

Nodavlat.uz

Telegram kanalining logotibi nodavlatuz — Nodavlat.uz N
Telegram kanalining logotibi nodavlatuz — Nodavlat.uz
Kanal manzili: @nodavlatuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.41K
Kanalning ta’rifi

Хусусий секторлар фаолиятини кузатишлар. Ютуқли томонлари ва Камчиликлари ҳақида Шахсий фикрлар.
🧑‍💻 Мурожаат учун: @nodavlatuzb

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2023-02-04 06:12:21
“Yangi universitetlar ochilishi davom etadi” — oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Komiljon Karimov bilan suhbat

O‘zbekistonda oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichi oshib bormoqda. O‘tgan yillar davomida 9 foizga ham yetib-yetmagan qamrov birgina 6 yil ichida 38 foizga ko‘tarildi.

VIDEONI KO‘RING

@Nodavlatuz
26 views03:12
Ochish/sharhlash
2023-02-01 12:31:43 #yiltalabasi_2022

“Yil talabasi – 2022” respublika ko‘rik-tanlovi gʻoliblari aniqlandi

Tanlovning yakuniy bosqichida ishtirok etgan nomzodlar tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislaridan iborat Hakamlar hay’ati tomonidan suhbat, savol-javob hamda taqdimot ishlari orqali xolis va shaffof baholandi.

“Yil talabasi-2022” respublika ko‘rik-tanlovining g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing:

Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi:
1-oʻrin: Shoxabbos Salomov — ADTI talabasi
2-oʻrin: Saidmuhammmad Ibodullayev — SamDU talabasi
3-oʻrin: Mirshod Tursunov — BuxDU talabasi

Yilning eng faol tashabbuskor-targʻibotchi talabasi:
1-oʻrin: Marjona Joʻraqulova — SHDPI talabasi
2-oʻrin: Sarvinoz Odiljonova — ADCHTI talabasi
3-oʻrin: Mehroj Isayev — SamDU talabasi

Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi:
1-oʻrin: Shohjahon Sobirov — NamMQI talabasi
2-oʻrin: Qudratbek Mahammadjonov — FarPI talabasi
3-oʻrin: Behzod Shuhratov — Inha talabasi

Yilning eng faol sportchi talabasi:
1-oʻrin: Nodirbek Yoqubboyev — OʻzMU talabasi
2-oʻrin: Adhamjon Ergashev — NamDU talabasi
3-oʻrin: Samandar Bobonazarov — TDYU talabasi

Yilning eng faol iqtidorli talabasi:
1-oʻrin: Rohilaxon Nuriddinova — ADU talabasi
2-oʻrin: Yangiljon Saburova — MRDI talabasi
3-oʻrin: Shamshoda Sharapova — TTA talabasi

Yilning eng faol ijodkor talabasi:
1-oʻrin: Dilafruz Oblaqulova — QQDU talabasi
2-oʻrin: Shahrizod Shodiyev — SamDU talabasi
3-oʻrin: Feruza Abdukarimova — OʻzMMSI talabasi

Yilning eng namunali tadbirkor talabasi:
1-oʻrin: Nilufar Omonova — SamDU talabasi
2-oʻrin: Shahlo Gʻulomova — TTA talabasi
3-oʻrin: Mahbuba Shonazarova — TTA UF talabasi

Barcha g‘olib va sovrindorlarni chin dildan muborakbod etamiz!

@Nodavlatuz
153 views09:31
Ochish/sharhlash
2023-01-27 09:45:29 Qabul davom etmoqda: Bakalavir

Nordic International University

Hujjat topshirish: https://admission.nordicuniversity.org

Yangi Asr Universiteti

Hujjat topshirish: http://www.yangiasr.uz

Eslatib o'tamiz Hozir Talaba bo'lsangiz Sentabr oyida ikkinchi kursga o'tasiz.

@Nodavlatuz Ishonchli
399 views06:45
Ochish/sharhlash
2023-01-26 20:23:07 #Diqqat Savollarga Javoblar

Nodavlat oliygohlarning diplomi Davlat oliygohlari diplomi bilan bir xil kuchga egami?

Agar Nodavlat oliygoh diplomi o'tmaydi deb aytsa nima deb javob berish kerak?

Diplomi O'zbekistonda tan olinadigan Nodavlat oliygohlar nechta?

Qanday hollarda Davlat talabaning 50% gacha kontrakt pulini to'lab berishi mumkin?

O'qishga kirishda qanday Imtiyozlar beriladi?

Nodavlat Oliygohdan Davlat Oliygohiga qanday ko'chirish mumkin?

Hozirgam Ta'lim kresiti olsa bo'ladimi?

Kontrakt pulidan 12%ini qaytarib olsa bo'ladimi?

@Nodavlatuz Ishonchli
396 viewsedited  17:23
Ochish/sharhlash
2023-01-26 09:58:57 Qabul davom etmoqda: Magistratura

UMFT | Rasmiy kanal

Hujjat topshirish: https://www.umft.uz/admit

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

Hujjat topshirish: https://uess.uz/Admission

TIFT Universiteti

Hujjat topshirish: https://tift.uz/admission.html

ALFRAGANUS UNIVERSITY

Hujjat topshirish: http://magistr.alfraganusuniversity.uz/

Yuqoridagi keltirilgan barcha Universitetlar litsenziyaga ega.

Xabardan foydalanganda Manba ko'rsatilishi shart.

@NodavlatUz
301 views06:58
Ochish/sharhlash
2023-01-25 13:30:49 Qabul davom etmoqda: Bakalavir

Valley Innovative University

Hujjat topshirish: https://viuedu.uz/apply/
Qabul 25-yanvargacha.

Toshkent Iqtisodiyot va Texnologiyalari Universiteti

Hujjat topshirish: DTMda (2022-2023) 40 balldan yuqori olgan abituriyentlar uchun: http://dtm.tivtu.uz
DTMda qatnashmagan abituriyentlar uchun: http://qabul.tivtu.uz
Qabul 1-fevralgacha.

PDP University

Hujjat topshirish: https://bit.ly/3GcPxeK
(11-sinflarham topshirsa bo'ladi).

Toshkent Gumanitar Fanlar University

Hujjat topshirish: +998978958888
+998978968888

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA MENEJMENT UNIVERSITETI

Hujjat topshirish:Qabul: qabul.atvmu.uz
DTM bali bo'yicha: dtm.atvmu.uz
O'qishni ko'chirish: transfer.atvmu.uz

Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti

Hujjat topshirish: https://bit.ly/3vt7uRr

TURON UNIVERSITETI

Hujjat topshirish: https://www.turonuniversity.uz/xujjat-topshirish

ALFRAGANUS UNIVERSITY

Hujjat topshirish: Qabul: http://qabul.alfraganusuniversity.uz/
DTM ball uchun: http://dtm.alfraganusuniversity.uz/

TEAM University

Hujjat topshirish: http://admissions.teamuni.uz

Toshkent amaliy fanlar universiteti

Hujjat topshirish: http://utas.uz/admission

Yuqoridagi keltirilgan barcha Universitetlar litsenziyaga ega.

@nodavlatuz
445 views10:30
Ochish/sharhlash
2023-01-19 09:55:30Lisenziya olmagan nodavlat universitetlardan ehtiyot bo'ling!

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar A.A. (firibgarlik jinoyati uchun sirtdan ayb e’lon qilinib, qidiruv e’lon qilingan) va Sh.A. o‘zaro til biriktirib, 2022 yilda MCHJ shaklidagi nodavlat universitetini tashkil etishib, ushbu muassasada o‘qish istagini bildirgan 18 nafar fuqaroning jami 152,9 mln so‘mini qo‘lga kiritishib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Denov tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro X.M. qo‘shni Tojikiston Respublikasida tahsil olayotgan 21 nafar talabaning o‘qishini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida O‘zbekiston Respublikasidagi oliy o‘quv yurtlariga ko‘chirib berish evaziga jami 15 300 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


@nodavlatuz
428 viewsedited  06:55
Ochish/sharhlash
2023-01-15 07:49:18 Талабалар контрактини тўлаганда 12% пул қайтариб бериладими?

Солиқ кодексининг 378-моддаси 16-бандига биноан, Ўзбекистоннинг прoфессионал ва олий таълим ташкилотларида таълим олиш (ўзининг ёки 26 ёшга тўлмаган фарзандларининг ёхуд эрининг (хотинининг) таълим олиши) учун йўналтириладиган солиқ солиниши лозим бўлган иш ҳақи ва бошқа даромадларига солиқ солинмайди.

Демак, қуйидаги 3 тоифанинг контракти учун тўланган маблағлардан даромад солиғи ушланмайди:

фуқаро ўзининг контрактига ўтказса;
ота-оналар 26 ёшга тўлмаган фарзандининг контрактига ўтказса;
эр ёки хотин 26 ёшга тўлмаган турмуш ўртоғининг контрактига ўтказса.

Бу имтиёз қайси таълим муассасаларига қўлланади:

1) профессионал таълим (касб-ҳунар мактаблари, коллежлар ва техникумлар) ўқувчиларига;
2) олий таълим талабаларига.

Солиқ чегирмаси тўлов қуйидагилар ҳисобидан амалга оширилганда тақдим этилади:

ўз маблағлари;
жисмоний шахсга тижорат банклари томонидан берилган таълим кредитлари;
юридик шахслар томонидан жисмоний шахсларга қайтариш шарти билан берилган маблағлари (ссудалар).

Тўлов иш ҳақидан эмас, мустақил амалга оширилганда йиллик даромад тўғрисидаги декларацияни топширган ҳолда солиқ чегирмасидан фойдаланиш мумкин.

Изоҳ: юқоридаги 3 та тоифадан бошқаларнинг, масалан, ака-укаси, опа-синглиси, куёви ёки келини ёхуд бошқа шахсларнинг контракти учун тўлов қилинса, ҳеч қандай имтиёз қўлланмайди.


@nodavlatuz
586 views04:49
Ochish/sharhlash
2023-01-14 18:55:53 Нодавлат олийгоҳда ўқийсизми.

Давлатникида ўқий олмадим деб сира ташвиш қилманг.
Нодавлат олийгоҳларнинг пайдо бўлишиҳам Демократияни ривожланишининг бир белгисидир.
Давлат олийгоҳларини тартибга солиш учун керак эди бу тизим.
Давлат берган пулни кўр-кўрона бир ўзгариш қилмай ичига ютганларни тарбиялаш керак.
Келажакда Барча Талабалар Хусусий секторларга ўтиб кетсаҳам ажабланмаган бўлардим.
Бераётган 15-20 млн кантракт пулингиздан сира ташвиш қилманг.
Зеъро Та'лимга қанча пул сарфласа кам.

Ҳа айтганча Нодавлат Университетлар Давлатникидан бир қадам олдинда юради.

@nodavlatuz
492 views15:55
Ochish/sharhlash
2023-01-14 09:15:36
2022/2023 ўқув йили учун республика олий таълим муассасалари бакалавриат таълим йўналишлари (магистратура мутахассисликлари) бўйича битта талабани тўлов-контракт шаклида бир йиллик ўқитиш қиймати миқдори

@nodavlatuz
474 views06:15
Ochish/sharhlash