Get Mystery Box with random crypto!

Nodavlat oliygoh tugatilsa talabalar taqdiri nima bo‘ladi? | Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

Nodavlat oliygoh tugatilsa talabalar taqdiri nima bo‘ladi?

Nodavlat oliygoh yopilib ketsa ham muammo emas – agarda nodavlat oliygohning litsenziyasi to'xtatilsa, hukumat talabalarni davlat yoki boshqa nodavlat oliygohlarga o'qishi ko'chirilishini kafolatlaydi, ya'ni sizda yo'qotish mavjud emas.

Nodavlat oliygohlarning diplomi o'tadimi o‘zi?

Tegishli litsenziyaga ega nodavlat oliygohlarning diplomi bevosita tan olinadi. Ularning diplomlari davlat oliygohlari diplomi bilan teng darajada qabul qilinadi (huquqiy asos). Bundan tashqari ta'lim davrida davlat oliygohiga imtihon asosida o‘qishni ko'chirish imkoniyati ham mavjud.

Xususiyda o‘qigan deb ishga olmay, qaytarib yuboradimi?

Davlat oliy taʼlim muassasalari va nodavlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan beriladigan diplomlar davlat namunasida va bir xil ko‘rinishda bo‘ladi. Quyidagi havolada nodavlat Qo‘qon universiteti tomonidan berilgan diplom na'munasini ko‘rishingiz mumkin. (havola)

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal