Get Mystery Box with random crypto!

🌺@No_Noshka🌺

Telegram kanalining logotibi no_noshka — 🌺@No_Noshka🌺 N
Telegram kanalining logotibi no_noshka — 🌺@No_Noshka🌺
Kanal manzili: @no_noshka
Toifalar: Hayvonlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.35K
Kanalning ta’rifi

Honadoningizdan hamisha gullar ifori taralib tursin!!!
Hurmat bilan “Nonoshka” kanalining Admini🌹🌹🌹

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-07-12 07:41:15
Barglarini orqaga buralishi, sarg‘ayishi va rangini yo‘qotishiga PAUTINNIY KLESH sabab bo‘ladi. Bu holatda insektisid (fitoverm, vertimek) yordamga keladi

https://t.me/joinchat/AAAAAEmR71AMRyIrI75lGQ
213 viewsЭльмира Вахабова, 04:41
Ochish/sharhlash
2022-07-12 07:41:15
Shitovka!
Bargning usti shiraga o‘xshab, yopishqoq bo‘ladi. Orqa qismlarida esa jiarrang, yopishqoq, aval shaklidagi nuqtachalar paydo bo‘ladi. Kir sovunada yuvilib, insektisid sepiladi
@No_NoshKa
208 viewsЭльмира Вахабова, 04:41
Ochish/sharhlash
2022-07-12 07:41:15
Ko‘pchilikka tanish bo‘lgan TLYA kasalligi!
Oq pashhalar (belokrilka) gulning barglarini egallab oladi va nobud qilishi mumkin.
Bu holatda barglar sovunli gupka bilan yuvilib, ochiq dush qilinadi va dorilanadi (aktara, aktellik, fitoverm).
4-5 kundan keyin yana muolaja qaytariladi

https://t.me/joinchat/AAAAAEmR71AMRyIrI75lGQ
181 viewsЭльмира Вахабова, 04:41
Ochish/sharhlash
2022-07-12 07:41:15
Zamburug‘ (грибок) keltirib chiqaradigan Xoya gulidagi kasalliklar!
Zamburug‘- namlik yuqori bo‘lgan haroratda ko‘payadi va gullarni zararlaydi. Ayniqsa, teplitsa sharoitida aynan zamburug‘dan Gullar aziyat chekishadi.
Ahamiyat berganmisiz... teplitsadan harid qilingan gullarning ma’lum bir qismida jigarrang dog‘lar, qora nuqtalar mavjud. Aynan shu simptomlar zamburug‘ asoratidir. (Shu joyiga maslahat, agarda, sotib olgan gulingizda shunday muammo bo‘lsa, darrov gullariz safiga joylamang!!! Albatta, yuvib-tarab, dorilab, keyingina gullaringiz safiga joylashtirishingiz mumkin! Sababi, Zamburug‘ YUQUMLIDIR!).

Da’vosi:
Yuqori rasmlardagi holat kuzatilsa, tezda quyosh nurini ta’minlang, sprey cheklanadi, suv berish tartibga solinadi (biroz chanqatgan ma’qul) hamda XOM dorisi beriladi. Ham tegiga quyilib, ham sprey qilinadi. Bir haftadan keyin fitosporindan foydalaniladi. Ham sprey, ham tuproqqa quyiladi!
Eslatma:
“Yaxshisi, har doim sog‘lom gul sotib oling”


https://t.me/joinchat/AAAAAEmR71AMRyIrI75lGQ
184 viewsЭльмира Вахабова, 04:41
Ochish/sharhlash
2022-07-12 07:40:20 Ba’zan Xoya gulida noxush holatlar, kasalliklar, turli parazitlar kuzatiladi.
Aslida Xoya gulining immun sistemasi juda baquvvat bo‘ladi, lekin noto‘g‘ri parvarish, suv berishni tartibga solmaslik va hokazo kabi holatlardan Xoya aziyat chekadi va turli kasalliklarga moyil bo‘lib qoladi.
Xush... kasalliklarga sabab nima-yu va uning davosi qanday


@No_NoshKa
201 viewsЭльмира Вахабова, 04:40
Ochish/sharhlash
2022-07-11 10:01:37
Eslatma:
“Xoya gulining ifori juda o‘tkir bo‘lib, allergiyaga moyil insonlar uzoq yurishi tavsiya etiladi. Bargi ham o‘ziga xos toksinlik daraja ega, ehtiyotsizlik oqibatida, dermatit yuzaga kelishi mumkin. Xushyor bo‘ling ”

https://t.me/joinchat/AAAAAEmR71AMRyIrI75lGQ
417 viewsЭльмира Вахабова, 07:01
Ochish/sharhlash
2022-07-11 10:01:37
Xoyaga qanchalik quyosh nuri yetarli bo‘lsa, shunchalik gullashi kafolatlaniladi

https://t.me/joinchat/AAAAAEmR71AMRyIrI75lGQ
413 viewsЭльмира Вахабова, 07:01
Ochish/sharhlash
2022-07-11 10:01:37
Gullab bo‘lgan Xoyani kesib tashlash tavsiya etilmaydi, sababi, shu joyidan yana g‘uncha tugib, gullashi mumkin

https://t.me/joinchat/AAAAAEmR71AMRyIrI75lGQ
397 viewsЭльмира Вахабова, 07:01
Ochish/sharhlash
2022-07-09 03:57:21
Йилда бир ҳурмат баланд,
Лек, семизлик берар панд.
Бироқ билсангиз агар,
Семизлик ҳам бир «талант!»

Бир ой бўламан талаш,
Харидорим аралаш.
Вазним ҳаммага қизиқ,
Шундан булар саралаш.

Қўйхона менга сарой,
Танидингиз хойна-хой.
Қурбонлик бўлсин қабул,
Ҳурмат ила Қўчқорвой!

«Қурбон ҳайити айёмингиз муборак бўлсин, азиз диндошим»

@No_NoshKa
1.1K viewsЭльмира Вахабова, 00:57
Ochish/sharhlash
2022-07-08 07:25:09 Xoya

Quyoshsevar gullardan, lekin yorug' joyda ham o'saveradigan hona gulidir, biroq soyada qolib ketgan Xoyadan gullashini kutmang! Gullash davri mart oyidan boshlab, oktyabrgacha davom etishi mumkin.
Bahor-yoz kunlari ertalabki quyosh va juda yorug‘ joy talab qilinsa, kuz-qish mavsumida esa kun davomida quyosh tushib turadigan joy ta’minlanishi kerak

Qishda 15-20°Cda yaxshi o'sadi. 15°C dan pastga tushmasin. Aks holda noxush holatlar yuzaga keladi.
Issiq kunlarda ham, uy sharoitida qoldirish tavsiya etiladi, sababi, Xoya elvizakni umuman yoqtirmaydi

Bahor-yoz oylarida suv yetarlicha, to‘yintirib beriladi. Kuz-qishda esa suv nisbattan chanqatib beriladi. Salqin kunlarda ortiqcha suv nihoyatda xavfli. Agarda gullash davrida bo‘lmasa, sprey mumkin.
Eslatma:
“HAMISHA MAYIN, TINDIRILGAN VA ILIQ SUV BILAN SUG‘ORING

Ustki shoxidan shoxlash orqali ko'payadi. Taxminan 2-4ta bo‘g‘imli bargi bo‘lsa kifoya. Suvda ham, teplichkada ham va hattoki shunchaki yoniga ekib qo‘yish orqali ham ko‘payaveradi

Kasalliklarga moyil emas, agarda barg kasalligi kuzatilsa, insektisid yordamga keladi. Ildiziga esa fungidsid

Tuvakdan tuvakka o'tkazishda, ildiz butunligi buzilmaydi va eniga keng, bo'yiga unchalik chuqur bo‘lmagan tuvakka ekilgan ma'qul, sababi Xoya liana bo‘lgani uchun ildiz sistemasi yoniga qarab o‘sadi. Katta Xoyalar 3yilda bir, kichik Xoyalar har yili tuvakdan tuvakka o‘tkazilishi joiz bo‘ladi

Bahor, yoz va kuzda 2-3 haftada 1marta mineral, fosfor-kaliy % ko‘proq bo‘lgan ozuqa beriladi. Organika ham jon-u dili. Qishda berilmaydi

Tuproq tarkibi:

Qum 10%
Biogomus 30%
Hazon 20%
Unumdor yer tuproq 10%
Torf 20%
Vermikulit va perlit 10%

@No_NoshKa

Xoyani o'stirishda asosiy 5ta qonun mavjud:
1. Quyosh va yorug‘likni ta'minlash;
2. Suvni me'yorda berish;
3. Ozuqani saviyali berish;
4. Barglarini toza saqlash (ochiq dush tavsiya qilinadi);
5. Unumdor va sifatli tuproq

Hurmat bilan Admin

https://t.me/joinchat/AAAAAEmR71AMRyIrI75lGQ
639 viewsЭльмира Вахабова, 04:25
Ochish/sharhlash