Get Mystery Box with random crypto!

Hona gulining ildiz chirishiga asosiy sabab nima Ildiz bilan | 🌺@No_Noshka🌺

Hona gulining ildiz chirishiga asosiy sabab nima

Ildiz bilan bog‘liq muammolar “noto‘g‘ri va noo‘rin sug‘orish” sabab yuzaga keladi. Ya’ni:

Tuproq nam bo‘lsa ham, ustma-ust sug‘orish. Bunda namlik uzoq muddat saqlanib qolish oqibatida ildiz sistemasida zamburug‘ (грибок) rivojlanadi va bu asta-sekin chirish jarayoniga sabab bo‘ladi.

Beriladigan suvning ba’zida issiqroq, ba’zida haddan tashqari sovuq bo‘lishi ham ildiz sistemasini o‘ziga xos shamollashiga olib keladi va ildiz uchlari shamollagani hisobiga, chirish boshlanadi.

Davosi:
Suv berishda tartibli bo‘ling va suv harorati iliq, mu’tadil bo‘lsin. Kasallik rivojlanib bo‘lgan bo‘lsa, fungidsid (fitosporin, fundazol, sporagin va hokazo) preparati haftada bir marta beriladi. Taxminan 2-3marta. Agar chirish jarayoni haddan tashqari o‘tib ketgan bo‘lsa, ildiz ochilib, oqar suvda yuvilib, fungidsid sepilib, yangi tuproqqa ekilib, yarim teplichkaga olinadi va o‘ta yorug‘ joyga qo‘yiladi

Hurmat bilan Admin

@No_NoshKa