Get Mystery Box with random crypto!

- Haddan tashqari. Hayotda kulgu yetmagani uchundir, balki... | N. N.

- Haddan tashqari. Hayotda kulgu yetmagani uchundir, balki... Dunyoda odamlar azobga koʻproq mahkum etilganidandir, toʻgʻrisi, bilmayman. Koʻz yoshim Orol dengizi kabi qurigan. Kulgular tuygʻularimni izhor qilish uchun isrof etiladi doim! Lekin hozirgi hislarim bari chin yurakdan, yigʻi aralashmagan, ishon, bir qoshiq ham qoʻshmadim. Seni sevdim va barchasini shunga almashdim. Endi uygʻoq yashashni istayman. Koʻzlarim hech qachon yumilmasa, yummasam. Ammo uch kunga bormay sitildim, titildim. Qara, inson naqadar ojiz, uyquning oʻrnini bosadigan hech qanday dori oʻylab topishmagan. Iddaolari esa bu dunyoga torlik qiladi.

Javlon Jovliyev "Qoʻrqma"