Get Mystery Box with random crypto!

#NKMK_MUSTAQILLIK_YILLARIDA 1994-yil – London oltin quymala | NKMK YOSHLARI

#NKMK_MUSTAQILLIK_YILLARIDA

1994-yil – London oltin quymalari bozori assotsiatsiyasi tomonidan NKMK oltini “Optimal yetkazib berish” maqomiga sazovor bo‘ldi.
1997-yil – Tokio xomashyo birjasi tomonidan NKMK oltiniga sifat sertifikati taqdim etildi.
2000-yil – NKMK “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
2017-yil – NKMK mutaxassislari murakkab tarkibli, qayta ishlash qiyin bo‘lgan maʼdanlardan oltin ajratib olishning yangi texnologiyasini yaratganliklari uchun BMT Butunjahon intellektual mulk tashkilotining oltin medaliga sazovor bo‘lishdi.
2017-yil – NKMK oltin kategoriyasida sifatni boshqarish tizimidagi yutuqlarni saqlab turish va takomillashtirish ishlariga qatʼiy rioya qilib kelayotganligi uchun Yevropa Sifat Tadqiqotlari Jamiyatining mukofotiga munosib ko‘rildi.
2019-yil - London oltin quymalari bozori assotsiatsiyasi (LBMA) tomonidan NKMKga bozor talablariga to‘la rioya qilish borasida navbatdagi test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tganligini tasdiqlovchi sertifikat taqdim etildi.