Get Mystery Box with random crypto!

Ushbu post orqali talabalar va yangi kasb o’rganmoqchi bo’lgan | Jahongir Nizomovich

Ushbu post orqali talabalar va yangi kasb o’rganmoqchi bo’lganlar uchun kelajagi bor kasblar haqida gapirib otmoqchiman.

Ijtimoiy tarmoqlar marketing menejeri, ya’ni SMM manager, ushbu mutaxassislarga talab kundan kunga oshib bormoqda, sababi oddiy: pandemiya vaqtida biznes egalari onlayn marketingsiz biznes umuman o’tirib qolishi va digital marketing ko’plab yangi qimmatli mijozlarni olib kelishi mumkinligini tushunib yetishdi.

Ayni vaqtda ushbu soha mutaxasisslari bitta proyekt uchun o’rtacha 300$ topishadi, bir vaqtda bitta SMM manager 3 proyektni bemalol olib borishi mumkin.

Sohani o’rganish va proyekt olish bo’yicha qiynalayotgan bo’lsangiz direktdan yozishingiz mumkin.

Ikkinchi soha bu target specialist. Hozirgi kunda Facebook, Instagram, Google va shu kabi boshqa platformalarda reklama chiqib kelsa biling ki - bu targetologlar tomonidan oshiriladi. SMM - mijoz va auditoriyani sodiqligi va siz bilan uzoq muddatli ishlashi uchun asosiy yo’l bo’lsa, targeting esa sizga qisqa muddat ichida mijoz topish uchun ajoyib instrument.

Ushbu soha vakillari ham bitta proyekt uchun 200$ dan boshlab olishi va birdaniga 4-5 biznesga target yoqishlari mumkin.

Boshqa sohalarni keyingi postlarimda joylayman.
Soha bo’yicha savollaringiz bo’sa yozib kanal bio qismidagi username ga yozib qoldiring.

Kanalga obuna bo’ling