Get Mystery Box with random crypto!

Sekin savoblarim yo‘lini yopib, Bamdodni yo‘qottim uyquni topi | Nizamoof area°

Sekin savoblarim yo‘lini yopib,
Bamdodni yo‘qottim uyquni topib.
Jahannam qizigan unga men a'zo
Sababi Peshin ham bo‘libdi qazo.

Ovora bo‘libman quray deb qasr,
Axamiyat bermay kelganda asr.
Dunyoda olay deb yaxshi bir maqom
Joynamoz eskirdi o‘tib ketib shom.

Foniy olamni deb qaribdi bu jon,
Hatto o‘qimayin bir bora xufton.
Dedilar uzrni o‘zingdan qidir,
Bu paytda kechikib qolgandi vitr.

Allohim bizlarni qilmaydi unut,
Sajda qildim kelgach tahajjud.
Endi ko‘zim ochdim bo‘lganda bomdod,
Peshinni ham o‘qiy boshladim obod.

Shom-u asrda ham joynamozda men,
Tor bo‘lgan dunyolar endi bo‘ldi keng.
Huftonning nurlari tunim yoritsin,
Vitr xar kun yo‘qlab meni qaritsin.

Bu dunyo maqsadin izladim bedil,
So‘ng nafsimga dedim namozda egil.