Get Mystery Box with random crypto!

Boshladik NIZAMIDDIN TAʼLIM MARKAZI jamoasi qisqa muddatli ta | «NIZAMIDDIN» TM

Boshladik

NIZAMIDDIN TAʼLIM MARKAZI jamoasi qisqa muddatli tanaffusdan keyin yangi oʻquv yiliga tayyor. Qabul hozirdan boshlangan. Yangi oʻquv yiliga yangiliklar bilan kirib boryapmiz.

Qatʼiy intizomga asoslangan, faqat va faqat natijaga yoʻnaltirilgan tizimni yoʻlga qoʻyamiz inshaalloh. Oʻqishni qadrlaydigan oʻquvchilar va taʼlimni qoʻllab-quvvatlaydigan ota-onalar bilan ishlaymiz. Maqsadsiz kelib-ketadiganlarga eshikni koʻrsatib qoʻyamiz.

Bir soʻz bilan aytganda Buxoro metodikasi sizni kutmoqda. Pulimni beraman, bilganimcha oʻqiyman deydigan abituriyentlar ancha qiynalishadi. Ularni oldida ikkita yoʻl bor. Birinchisi, bizdagi oqimga moslashib harakat qilish, oʻzgarish. Ikkinchisi, safimizni tark etish.

Ota-ona ishonchini natija bilan oqlashni istagan abituriyentga jon-jahdimiz bilan ilm beramiz. Yil davomida yelkama-yelka mehnat qilamiz. Kitobga, ilmga boʻlgan odobni shakllantiramiz.

Keyingi postlarda yangiliklar haqida qisqa-qisqa maʼlumot berib boramiz.

Manzil: Shayxontohur tumani Alisher Navoiy koʻchasi, 37-uy
Manzil: Yashnobod tumani, 255-maktab

@NIZAMIDDIN_TM