Get Mystery Box with random crypto!

​G‘AFLATDA_QOLMANG! RAMAZON OYINING OXIRGI 10 KUNLIGI BOSHLA | NISO Ayollar Akademiyasi

G‘AFLATDA_QOLMANG!
RAMAZON OYINING OXIRGI 10 KUNLIGI BOSHLANDI!


  Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
"Laylatul qadrni Ramazonning oxirgi o‘n kechasining toq (kecha)laridan izlanglar", deganlar.

Qadr kechasining 1 soniyasi 23 soatdan afzal
1 minuti 58 kundan afzal
1 soati 9 yilu 8 oydan afzal
1 kechasi 83 yilu 3 oydan afzal

Oisha onamiz roziyallohu anho aytadilar:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam (oxirgi) o‘n kunlik kirib kelsa belbog‘larini mahkam bog‘lardilar, kechalarini tiriltirar va ahllarini uyg‘otardilar".

  Bu yilgi ramazon oyining oxirgi toq kechalari:
21 kecha: 11 aprel (seshanba)dan — 12 aprel (chorshanba)ga o‘tar kechasi;
23 kecha: 13 aprel (payshanba)dan — 14 aprel (juma)ga o‘tar kechasi;
25 kecha: 15 aprel (shanba)dan — 16 aprel (yakshanba)ga o‘tar kechasi;
27 kecha: 17 aprel (dushanba)dan — 18 aprel (seshanba)ga o‘tar kechasi;
29 kecha: 19 aprel (chorshanba)dan — 20 aprel (payshanba)ga o‘tar kechasi.

Allohim barcha mo‘minlarga Ramazonning oxirgi o‘n kunligida Seni rozi qiladigan amallarni qilishga muvaffaq ayla va qilgan amallarimizni qabul et!

@Niso_academy