Get Mystery Box with random crypto!

Biznes viza Koʻpchilik biznes viza bilan Yaponiyaga borsam, i | Yapon tili

Biznes viza

Koʻpchilik biznes viza bilan Yaponiyaga borsam, ishlay olamanmi, deb savol berishyapti.
Qonun boʻyicha aslo ishlash mumkin emas. Oʻz nomi oʻz bilan bu BIZNES VIZA. Ishga kirish uchun talab qilinadigan Rezident kartasi biznes/turist viza statusidagi shaxslarga berilmaydi. Bu karta boʻlmasa esa sizni ish beruvchi ishga olmaydi.

Oʻz-oʻzidan fikr tugʻilishi tabiiy. Demak, qonun boʻyicha mumkin boʻlmasa, noqonuniy ishlash mumkin boʻlsa kerak degan. Aslida buni inkor qilib boʻlmaydi. Noqonuniy tarzda, viza talab qilmaydigan ishlarda ishlayotgan odamlar ham kam emas.

Lekin, bunday ishlarni doimiy tarzda qila olmaysiz. Odat bunday turdagi ishlar ma'lum bir kunlik boʻladi. Va haftada 1-2 marta ish chiqib, shunda ishlashingiz mumkin.
Bu narsa esa faqatgina Yaponiyada kun kechirishingiz uchungina pul topa olishingiz mumkin degani. Uyingizga pul yuborish buyoqda tursin, qilgan harajatingizni oqlay olmasligingiz ehtimoli yuqori.

Sizga biznes vizani taklif qilib, bir necha ishlab yurganlarni misol qilib keltirishganini bilaman. Toʻgʻri, yaxshigina ishlab yurganlar yoʻq emas. Bor. Ammo ular har 100 kishidan 10 kishiga toʻgʻri kelar va yoki undan ham. Bunday Tavakkalchilikni esa odatda aqli bor odam qilmaydi.

Xulosa oʻrnida aytishim mumkinki, biznes viza bilan kelishga harakat qilmang. Omadingiz kelib, ishingiz zoʻr boʻlib ketishi ehtimoli yozda qor yogʻish ehtimoli bilan barobar.

P/s: shunda ham kelaman deb fikringizdan qaytmasangiz, Yaponiyada ishlashga ruxsati bor koʻpchilik ish topa olmayotganini ham koʻring, kuzating. Ruxsati boʻla turib ish topa opmayotganlarning asosiy muammosi til bilmasligida. Yurtdosh, sizga faqat yaxshi boʻlishini istayman. Oʻzingizni xurmat qilsangiz, tilini bilmaydigan joyga bormang.
Sh.Kholmurodov
@nippon_go