Get Mystery Box with random crypto!

Nimaga?

Telegram kanalining logotibi nimaga_nimauchun — Nimaga? N
Telegram kanalining logotibi nimaga_nimauchun — Nimaga?
Kanal manzili: @nimaga_nimauchun
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.89K
Kanalning ta’rifi

Foydali, qiziqarli savollarga javob beruvchi va sizga kerak bo`ladigan ma`lumotlar uchun @nimaga_nimauchun kanaliga marhamat!

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-01-06 16:26:28
Nimaga odamlar qitiqlaganda kulishadi?

Olimlarning ta'kidlashicha, qitiqlashga tabiiy fiziologik ta'sir bizning ajdodlarimizdan meros bo'lib qolgan bu xususiyat ularga hasharotlardan himoya qilish uchun xizmat qilgan. Lekin juda ko'p qitiqlash o'limga olib kelishi mumkin.

Shu bilan birga bu xislat foydali hisoblanadi. Masalan bu xususiyat hasharotlarning panjalarini teriga tegishiga juda tez reaktsiyasini keltirib chiqardi va ular shunchaki bizni chaqishga ulgurishmaydi. Nimaga?
5.2K viewsАбдурашид, 13:26
Ochish/sharhlash
2021-12-30 12:16:24
Nimaga kelin ko'ylaklar oq rangda?

— Ushbu urf 1840-yilda Angliyada qirolicha Viktoriya va shahzoda Albert o'rtasidagi to'yda boshlangan. Viktoriya oq rangni tanlagan va ushbu odat virusdek tarqala boshlagan.

NIMAGA — kanalini kuzatishda davom eting!
5.7K viewsAbdurash1d, edited  09:16
Ochish/sharhlash
2021-12-24 14:34:16
Nimaga biz telefonda birinchi "Allo" deymiz?

— Tomas Edison 1877 yil 15-avgustda Pitsburg telegraf kompaniyasining prezidentiga xat yozib, unda telefon orqali muloqot qilishda eng yaxshi salomlashish usuli "Hello" so'zi ekanligini aytgan, rus tilida esa bu "Алло" ga aylanib ketgan.

P.s: Biz esa o'zbeklarmiz. Bizning o'z qadryatlarimiz bor. Biz uchun eng yaxshisi: "Assalomu Alaykum"!

NIMAGA— kanalini kuzatishda davom eting!
7.4K viewsAbdurash1d, edited  11:34
Ochish/sharhlash
2021-12-21 15:59:05
Nimaga ovqatlanganimizdan so'ng uyqu tortadi?

Nimaga
bunday bo'lishiga olimlar orasida 2ta asosiy qarash bor.

— Ulardan biri, ovqatdan keyin qon miyadan chiqib, oshqozon va ichaklarga oqib chiqishi va miya zarur bo'lgan kislorod normasini olmasligi, bu esa bizni uyqu holatiga olib kelishini ta'kidlaydi.

— Ikkinchisi, Britaniyalik olimlar tomonidan o'rtaga tashlangan qarashdir. Ularning, aniqlashlaricha, miyamiz uyg'oqlik uchun javobgar bo'lgan hujayralarni, kechki ovqatdan keyin shunchaki "o'chirib qo'yish" ini aniqladilar. Shuning uchun uyg'oqlik uchun mas'ul bo'lgan miya hujayralari signal yuborishni to'xtatadilar.

NIMAGA — kanalini kuzatishda davom eting!
5.7K viewsAbdurash1d, 12:59
Ochish/sharhlash
2021-12-16 20:07:22
Nimaga inson ko'z yoshi turli xil kimyoviy tarkibga ega?

- Inson ko'z yoshlari uch xil: bazal, refleks va hissiy, kimyoviy tarkibi bilan farqlanadi. Bazal ko'z yoshlari shox pardani namlaydi, ko'zlarni chang va bakteriyalardan himoya qiladi.

- Ikkinchi turdagi ko'z yoshlari - bu begona zarralar, piyoz bug'lari yoki ko'zdan yosh oqizuvchi gaz kabi ogohlantirishlarga tananing javobidir.

- Uchinchisi- salbiy va ijobiy his-tuyg'ularning ko'z yoshlari. Asosan odam yig'laganda ajralib turadi. Ular bazal va refleksli ko'z yoshlariga nisbatan ancha yuqori konsentratsiyada prolaktin gormonlarini o'z ichiga oladi, ular hatto hid bilan ham ajralib turadi...

NIMAGA? - kanalini kuzatib boring!
4.9K viewsAbdurash1d, 17:07
Ochish/sharhlash
2021-12-16 08:02:36
Nimaga sigirlar aynan temir yo'l relslari bo'ylab o'tlashni xush korishadi?

Chunki temiryoʻl relslarini antikarroziya maqsadida neft smolasi surtishadi. Bundan chiqqan hid hasharotlar(pashsha, chivinlar)ni qochiradi. Bundan esa sigirlar xuzurlanib o`tlashadi...

Nimaga? - kanalini kuzatib boring?
4.2K viewsAbdurash1d, 05:02
Ochish/sharhlash
2021-12-13 14:13:26
Nimaga shifokorlar juda yomon yozishadi?

— Shifokorning javobi:
Shifokorlar ko'pincha qo'lyozmalarini yomon yozadilar, chunki ular ko'p yozishlari kerak. Klinikada jarroh uchun uchrashuv 10 daqiqa, terapevt uchun 12 daqiqa davom etadi va shu vaqt ichida biz bemorni ko'rishimiz, uning muammosi bilan shug'ullanishimiz va keyin uning kasalligi haqida yozishimiz lozim. Hammasi tezda bajarilishi kerak.

Nimaga?
5.0K viewsAbdurash1d, 11:13
Ochish/sharhlash
2021-12-10 14:22:04
Nimaga o‘t o‘chirish chelaklari konus shaklida?

Konus shaklidagi chelaklarnini o‘g‘irlab ketishmaydi. Chunki bunday shakldagi chelaklarni xo‘jalik ishlarida ishlatish noqulay.

Bundan tashqari konus shaklidagi chelakdan suv tashqariga tezroq otilib chiqadi. Bu olovni o‘chirishda muhimdir. Shuning uchun ham o‘t o‘chirish chelaklari konus shaklida..

Nimaga?
4.9K viewsAbdurash1d, edited  11:22
Ochish/sharhlash
2021-12-08 10:42:24
Nimaga yo‘tal kerak?

Yo'tal fiziologik himoya mexanizmi bo'lib, uning vazifasi havo yo'llarining o'tkazuvchanligini qayta tiklashdir. Boshqacharoq aytganda, "tiqilib qolgan quvurlarni tozlash".

Ko'rib turganingizdek, yo'tal tufayli organizm nafas yo‘llaridagi chang va mikroblardan qutulishga muvaffaq bo'ladi

Medicina_olami

Nimaga? - kanalini kuzatib boring?
5.0K viewsAbdurash1d, 07:42
Ochish/sharhlash
2021-12-07 09:17:21
Nimaga bir yilda 12 oy bor?

- Chunki unda 12 ta yangi oy bor.

- Qadim zamonlardan beri odamlar vaqtni hisoblash uchun tabiat hodisalari va jarayonlarini takrorlashdan foydalanganlar. Bir yil, masalan, suv toshqinidan daryoning toshishigacha bo'lgan vaqt. Oy esa yangi oydan yangi oygacha bo'lgan vaqt oralig'i, ya'ni taxminan 29,5 quyosh kuni. Taxminan 12 ta bunday intervallar bir yilga to'g'ri keladi, shuning uchun bir yilda 12 oy hisoblangan. Bunday holda, qamariy yil quyosh yiliga qaraganda qisqaroq.

- Qadimgi misrliklarning quyosh taqvimida 365 kun bo'lgan: 30 kun va 12 oydan iborat bolgan....

Nimaga? - kanalini kuzatib boring?
3.9K viewsAbdurash1d, 06:17
Ochish/sharhlash