Nimaga Kanadani shunday nomlashgan? — Tarixiy ma'lumotlarga ko'ra, Shimoliy Amerikaning dastlabki kashfiyotchilari mahalliy hindulardan aholi punktiga borishni so'raganlarida, ularga yo'nalishni ko'rsatib, "Kanada", ya'ni tarjimada oddiygina "qishloq" degan ekanlar.
— Biroz vaqt o'tgach, tadqiqotchilar Kanada so'zini atrofdagi yana bir qancha qishloqlarni o'z ichiga olgan hudud deb atay boshladilar, so'ngra undan ham kattaroq mintaqa va Sent-Lourens daryosining barcha qirg'oqlari shu nom bilan atala boshlangan. Nihoyat, 1867 yilda Shimoliy Amerikadagi ingliz mulklari ittifoqi tomonidan tashkil etilgan butun mamlakat Kanada deb nomlandi.
@NIMAGA
— kanalini kuzatib boring!