Get Mystery Box with random crypto!

Nimaga Oʻzbekiston U23 ishtirokidagi yarim final bahsi muxlisl | NIMAGA?

Nimaga Oʻzbekiston U23 ishtirokidagi yarim final bahsi muxlislarsiz oʻtkaziladigan boʻldi?

Yurtimizda boʻlib oʻtayotgan Osiyo kubogi doirasidagi yarim final – Oʻzbekiston U23 va Yaponiya U23 bahsi (oʻzbek) muxlislarsiz oʻtkaziladigan boʻldi. Bunga sabab — Oʻzbekiston U23 hamda Iroq U23 bahsidagi muxlislarning tartibsizligi (tosh otish holati) bilan izohlandi.

OFK qoʻshimcha quyidagi qarorlarni qabul qildi:
Uchrashuvni kuzatishga Yaponiyaning 500 nafargacha muxlisi kira oladi;
Iroq U23 bilan bahsda qoʻpol qoidabuzarlik qilgan darvozabonimiz Abduvohid Neʼmatov 3 oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi va $500 jarimaga tortildi;
UFAga esa $50.000 jarima belgilandi.

Eslatib oʻtamiz, ( O'zbekiston — Yaponiya ) yarim final bugun soat 21:00 da boʻlib oʻtadi. Uchrashuvni Uzreport TV telekanali orqali koʻrishingiz mumkin. Jamoamizga omad tilaymiz

P.S. Muxlislik madaniyatiga amal qilishni, vaziyatga umumiy nazar bilan qarashni oʻrganishimiz kerak!

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!