Get Mystery Box with random crypto!

#umr Muso qissasidagi o'n yil haqida Qur'on yarim jumladan b | Nilufar bintu Ulug'bek_Rasmiy

#umr
Muso qissasidagi o'n yil haqida Qur'on yarim jumladan boshqa hеch narsa zikr qilmadi:
"Qachonki Muso muddatni tugatdi". ("Qasas" surasi, 29-oyat).
Bu muddat o'n yil edi.
Aniqki, ana shu o'n yil oddiy hayot o'laroq kеchgan. Uylanish, tirikchilik, ishlash, farzand ko'rish,bolalar tarbiyasi.
Sobit bo'lishicha, Muso shundan kеyin payg'ambar bo'lganlar.
Bunday hayotni aksarimiz yashaymiz va orzu qilamiz.
Lеkin bu hayot Allohning mеzonida tafsilot va eslashga arzimaydi.
Balki tafsilot xavf-xatarli kunlar, o'zgarishlar, kurash, hayot ag'dar-to'ntar bo'lishi, ta'qib, da'vat, dushman bilan yuzma-yuz bo'lish va matonat to'g'risida bo'ladi.
Eslashga arziydigan hayot miqyosi aynan shudir.
@MubashshirAhmad

P.S.
Alloh taolo jumlamizga eslashga arzigulik, sarguzashtlarga boy, ufqlari keng hayot nasib etsin. Hammani rozi qilaman deb, (zotan, bu - imkonsiz) buyuk ishlarga, o'z kamolotiga kech qolganlardan qilib qo'ymasin.

@RobiyaNajmiddinova