Get Mystery Box with random crypto!

#tavallud_kun * * * To'qnash kelar nigohlarimiz Boshlanadi so | Nigora MUHAMMAD

#tavallud_kun

* * *
To'qnash kelar nigohlarimiz
Boshlanadi so'zsizlik jangi.
Kattalashar qaroqlarimiz
Qizaradi yanoqlar rangi.

Nigohlarim olasan yig'ib,
Xijolatdan alanglaydi ko'z.
So'rab qolma mendan ishqilib
Hol-ahvolga o'xshash biror so'z.

Jim so'zlaymiz, tugaydi suhbat.
Ancha gaplar bo'ldi ehtimol.
O'rtamizda besh daqiqa vaqt
Va uzoq bir jimligimiz bor.

Bir so'z aytmay ketib bo'lmaydi
Jimliklarga berganday barham.
– Nahot sening rashking kelmaydi?
Men kimningdir tushiga kirsam.

Durdona Bahodirova

Tug'ilgan kuningiz muborak, Durdona qiz

@nigora_muhammadd