Get Mystery Box with random crypto!

​​'Poklik iymonning yarmidir'.(hadis) Islomda poklik, tozali | Nigohlarda

​​"Poklik iymonning yarmidir".(hadis)

Islomda poklik, tozalikning oʻrni juda katta ahamiyatga ega. Umuman sarishtalik insonning ruhiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Sir emaski, ozodalikda fayz barokat bor. Biz musulmonlar uchun bular yangilik emas. Shunday boʻlsa-da mana bu kitob mening eʼtiborimni tortdi.

Mari Kondo - tartib-intizom boʻyicha butun dunyoga mashhur yapon maslahatchisi va bestseller "Sarishtalik sehri"ning muallifi. Asar tartib haqidagi tasavvurlaringizni butkul oʻzgartirib yuboradi.

Yaponlarda shunday qarash bor ekan: "Uyni tozalash va hojatxonadagi mukammal tozalik omad keltiradi, agar uyingiz tartibsiz boʻlsa, hojatxonani sayqallashdan natija yoʻq."

"Xonadagi tartibsizlik - boshdagi tartibsizlik", - deydi, Mari.
Chindan xona toza va tartibli boʻlsa, oʻzimizni tinglashimizga imkoniyat ortadi. Yanada muhim muammolar bilan shugʻullanishga yoʻl ochiladi. Uyimizni tartibga keltirish orqali aslida nima bilan mashgʻul boʻlishni istayotganimizni aniqlab olamiz.(Kuni shunchaki uy yumushlari bilan oʻtib ketadigan bekalar uchun ayni haq gap).

Yozuvchi tozalashdagi muvaffaqiyatning sirlaridan biri: hamma joyni chaqqonlik bilan tozalash va keraksiz buyumlardan butunlay xalos boʻlishda deya koʻp-koʻp taʼkidlaydi. Yana sirlari, usullari haqida oʻqib koʻrib oʻrganib olishingiz mumkin.

Kitobni faqat ayol-qizlarga emas, umuman hayotini tartibga keltirmoqchi boʻlgan barchaga maslahat beraman.
Tozalashni Kon Mari uslubi bilan qaytadan oʻrganing, keraksiz buyumlar bilan oʻzingizni jismoniy va ruhiy jihatdan ortiqcha narsalarga koʻmib tashlamang. Soatga titroq nigoh bilan boqishga barham bering.

"Qachondir" soʻzi "hech qachonni" anglatishini unutmang!
Sarishtalik sizni hech qachon tark etmasin! (Sarishtalikni hech qachon tark etmang!)

#bookreview
@nigohlarda