Get Mystery Box with random crypto!

#KUN_TARIXI 1958-yil 1-sentyabr – Navoiy kon-metallurgiya kom | "NKMK" AJ - АО "НГМК"

#KUN_TARIXI

1958-yil 1-sentyabr – Navoiy kon-metallurgiya kombinati tashkil topgan kun

Bugungi kunda O‘zbekiston kon-metallurgiya sanoatining bayroqdori bo‘lgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati Uchquduq hududida uran ma'danini qazib olish va qayta ishlash maqsadida tashkil etilgan edi. XX-asr 30-50-yillarida geologlarning Qizilqumda olib borgan tadqiqotlari natijasida Uchquduq hududida yirik uran konlari topildi. O‘sha paytda sobiq Ittifoqning atom sanoati uchun zarur bo‘lgan uranni qazib olish ishlarini tezlashtirish maqsadida bu yerga ko‘plab soha mutaxassislari yuborildi. Uchquduqda uran konlarini o‘zlashtirish ishlari boshlab yuborildi.

-- -- -- -- -- -- -- -- --

1 сентября 1958 года – дата образования Навоийского горно-металлургического комбината

Навоийский горно-металлургический комбинат, являющийся на сегодняшний день флагманом горно-металлургической промышленности Узбекистана, был образован для добычи и переработки урановой руды на территории Учкудукского района. В 30-50-х годах ХХ века в результате проведенных в Кызылкумах геологических исследований в Учкудуке были найдены крупные месторождения урана. В то время сюда были направлены многие специалисты отрасли для того, чтобы ускорить добычу урана, необходимого для атомной промышленности бывшего Союза. Так началась разработка урановых месторождений в Учкудуке.

“Yangilanayotgan O‘zbekiston: Navoiy kon-metallurgiya kombinatining yangi tarixi” kitobidan

Kanalga ulanish:
https://t.me/ngmkofficial
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|Youtube