Get Mystery Box with random crypto!

Nega foydalanuvchilar Telegram reklamalaridan qo‘rqmasliklari | NEYTRALIUM Channel

Nega foydalanuvchilar Telegram reklamalaridan qo‘rqmasliklari kerak?

Pavel Durov Telegramda reklama qanday ishlashi haqida gapirib berdi.

1. Shaxsiy suhbatlarda reklamalar bo‘lmaydi. Faqat @durov kabi yirik kanallarda bo‘ladi. Telegramga ijtimoiy tarmoq sifatida emas, balki messenjer sifatida qaraydigan foydalanuvchilar hech qachon reklama ko‘rishmaydi.
2. Target (Maqsadli) reklama bo‘lmaydi. Foydalanuvchilar ma’lumotlari reklama maqsadlarida ishlatilmaydi.
3. Bu Telegramda mavjud bo‘lgan reklamalarning takomillashganidir. Kontent yaratuvchilar allaqachon reklamalardan foydalanib kelmoqdalar. Bu foydalanuvchilarni asabiylashtiradigan yoqimsiz reklamalarni targ‘ib qiluvchi, uchinchi tomon reklama tarmoqlari bo‘lgan tartibsiz bozordir. Telegram ushbu vaziyatni kanal egalariga maxfiylikka yo‘naltirilgan muqobilni taklif qilish orqali hal qiladi.

Foydalanuvchilar reklamadan voz kechishlari mumkin, ammo Pavel Durovning fikricha, maxfiylikka yo‘naltirilgan reklama turi - bu kanal egalari uchun o‘z ishlarini monetizatsiya qilishning yaxshi usuli, ya’ni kelajakda paydo bo‘ladigan pullik qo‘llab quvatlash yoki pullik obunaning muqobilidir.

«Bizning yakuniy maqsadimiz - moliyaviy barqaror va o‘z abonentlari uchun eng maqbul strategiyani tanlay oladigan erkin kontent yaratuvchilarining yangi sinfini yaratishdir. An’anaviy ijtimoiy tarmoqlar haddan tashqari ko‘p ma’lumot to‘plash va manipulyatsion algoritmlardan foydalangan holda foydalanuvchilar va noshirlarni uzoq vaqtdan beri ekspluatatsiya qilib kelmoqdalar. Buni o‘zgartirish vaqti keldi.» – Pavel Durov.