Get Mystery Box with random crypto!

Yomg'ir Quyosh ham qo'rqqandan bekindi bu kun To'lin oy uyalg | My world 🌏

Yomg'ir

Quyosh ham qo'rqqandan bekindi bu kun
To'lin oy uyalgandan chiqmas bu oqshom
Osmon bulutlarga to'lib yig'laydi
Yoxud falak yerdan olar intiqom

Balki siz o'ylarsiz, par bulutlardan
Ozod etilmoqda asir, tutqun suv
Balki Yer ahlini qo'rqitganidan
Pushaymon yeb bulutlar yig'laydi duv-duv

Balki baxtiyor Yerga hasadi kelib
Bulut Ona Zaminga yog'dirar o'qlar
Balki tabiatning qarori ila
Qora bulut yaratar go'zal o'tloqlar

Javohir Xudoyberdiyev ;)

https://t.me/NewLifeIsHereAlready

Shamollarga uchib ketsin ...