Get Mystery Box with random crypto!

Ular ham boshqa bolalar singari uzoq yashashni xohlashadi! Bo | neutron.uz

Ular ham boshqa bolalar singari uzoq yashashni xohlashadi!

Bolalarning kulgisi va quvonchi har birimizning baxtimiz uchun muhim. Lekin shunday bolalar borki, tengdoshlari kabi haqiqiy baxtni his qilish ularga nasib etmagan.

“Osmondagi bolalar” loyihasining belgisi tushirilgan futbolkalar 15-maydan boshlab, Toshkent shahridagi barcha “VIP Brand” doʻkonlarida sotuvga chiqariladi. Futbolka sotuvidan tushgan daromad oqqon kasalligiga chalingan bolalarning sogʻayishi hamda ularning dori-darmonlari uchun sarflanadi.

Kasallik bilan kurashayotgan bolalarning tuzalishida oʻz hissangizni qoʻshing. Bunga befarq emasligingizga ishonamiz!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
YouTube | Instagram | Telegram | TikTok