Get Mystery Box with random crypto!

​ Mental arifmetika, ya'ni abakus og'zaki hisoblash metodikasi | Neuron Gulistan

​ Mental arifmetika, ya'ni abakus og'zaki hisoblash metodikasi barcha bolalarga mos keladimi?

Bolaning rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan har qanday savol ota-onani o'ylantiradi!

Bolamga nimani o'rgatishim kerak?
Unga qaysi kurslar ma'qul? Ta'limning bu turi unga nima beradi?

Xuddi shu tarzda, O'zbekistonda abakus metodikasi bilan tanishib, ota-onalar o'zlariga shunday savol berishadi: bolamga mental arifmetika kerakmi, uning o'ziga xosligi nimada, nima uchun bola tez hisoblashni o'rganishi kerak?

Bolaning aqliy rivojlanishi uchun kurslarni tanlashda shubha qilish odatiy holdir va bu albatta to'g'ri. Shubhalar bizni tanlovga bolaning ko'zi bilan qarashga va o'z vaqtida, dolzarb, samarali bo'ladigan rivojlanish yo'lini izlashga majbur qiladi.

Abakus takomillashtirilgan mental arifmetikasi universaldir.

Va bu klassik mental hisoblash maktabidan farq qiladi!

O'zbekistondagi o'qituvchilaridan biri, do'stlarinikiga mehmonga borish paytida Turkiyada noodatiy hisoblash usuli borligi haqida eshitib qoldi. Do'stining o'g'li tasavvurda murakkab hisob-kitoblarni shu qadar tez bajarar ediki, o'qituvchimiz keyinchalik vatanimizdagi bolalarni o'qitish maqsadida aynan shu o'ziga xos usulni o'zlashtirmoqchi bo'ldi.

U bolalar bilan mental arifmetikani o'rgandi va o'quvchilarning atiga 25 foizi ushbu ajoyib mahoratni o'zlashtira olishini aniqladi. Ular yaxshi tayyorlangan yoki iqtidorli bolalar edi. Diqqat va xotirasi sust, nofaol yoki juda ham faol bo'lgan o'quvchilar yuqori tezlikda hisoblashda alohida yutuqlarga erishmaydilar.
⠀⠀
Aynan shu damda klassik ta'limning zaif tomonlarini topish va har qanday bolaning rivojlanishiga yordam beradigan yangi, dinamik va universal dasturni yaratish uchun g'oya paydo bo'ldi!

Bu rejani amalga oshirish uchun tajribali o'qituvchilar va bolalar psixologlari, olimlar va dasturlash sohasidagi mutaxassislar jamoasi tanlandi. Darslarning zichligi va ularni o'tkazish shakli, murabbiylarni tanlash va tayyorlash prinsiplari va o'quv qo'llanmalarini o'zgartirish kerak bo'ldi.

Natijada bolalarning aqliy rivojlanishi va ehtiyojlarini to'liq qondiradigan noyob metodika vujudga keldi.

Bu - "NEURON" intellekt markazining mental arifmetikani o'rgatishning maxsus uslubi edi.
Demak, savolga javob - "Ha, mental arifmetika - barcha bolaga birdek mos keladi!"

@neuron_gulistan