Get Mystery Box with random crypto!

​​Assalomu alaykum, sizlar bilan bu safar Krankenversicherung | Germaniyada Bepul Ta’lim

​​Assalomu alaykum, sizlar bilan bu safar Krankenversicherung yani tibbiy sug'urta qilish haqida Alloh qodir qilgancha o'z tajribalarimni ulashmoqchiman.

Siz Germaniyaga qaysi dastur bilan kelishingizdan qattiy nazar O'zbekistondalik vaqtingiz sug'urtalangan bo'lishingiz shart, sababi Germaniyada har bir shaxs tibbiy sug'urtaga ega bo'lgan bo'lishi shart.

Tibbiy sug'urtani kim va qachon sizdan so'rashadi?
Sizga Ausländerbehörde va elchixona viza berishni lozim deb topishsa Versicherungsbescheinigung yani tibbiy sug'urta qilinganligingiz haqidagi ma'lumot taqdim etishingiz kerak.

Krankenversicherungni qayerdan olasiz?
Germaniyada bunday tashkilotlar yetarlicha, siz qaysi maqsadda Germaniyaga borayotganingizga qarab ularni tanlashingiz mumkin. Masalan siz Germaniyaga FSJ, BFD, Ausbildung qilib kelayotgan bo'lsangiz:
- AOK
- DAK-Gesundheit
- BARMER
- BKK Diakonie
quyidagi Krankenkasse'lar sizga juda qulay umuman olganda yuqorida yozganimdek bunday tashkilotlar juda ko'p va men bu yerda faqtgina tajribamda borlarini yozyapman xolos.

Agarda siz Germaniyaga talaba yokida Sprachschüler bo'lib kelayotgan bo'lsangiz
- Care Concept AG
- DAK-Gesundheit
- MAWISTA(Private Health Insurance)
kabi firmalar sizga yaqindan yordam beradi.

Qancha to'laysiz? O'zbekcha qilib aytganda "narxi qancha?"
Bu ham sizning Germaniyadagi faoliyatingizga bog'liq. Agarda siz talaba yoki Sprachschüler bo'lsangiz anchagina kamroq to'laysiz(oyiga 30-40€ atrofida) boshqa faoliatlarga nisbatan. Agarda FSJ, Au pair qiluvchilarga esa Arbeitgeber yoki Gastfamilie to'lab berishadi. Agarda Ausbildung qilayotgan bo'lsangiz sizni nomingiz va sizning ish maoshingizdan Arbeitgeber to'laydi.

Eng asosiysi narxga ta'sir qiluvchi omillar bor yani tibbiy sug'urtani darajalari bor masalan,
- Classic (excluding liability and accident insurance)
- Classic Plus (including liability and accident insurance)
- Comfort (including liability and accident insurance)
bularning bir biridan farqi sizga xizmat ko'rsatish chegarasi va naxida.

Sayohat va biznes ishlari bo'yicha Germaniyaga kelayotgan bo'lsangiz O'zbekistonda ham sug'urtalanishingiz mumkin, aynan Germaniyada sug'urtalangan bo'lishingiz talab qilinmaydi.

Barchasini qanday qilasiz?
Yuqori faolyatingizga qarab o'zingizga mos firmani tanlaysiz. Masalan talaba sifatida kelyapsiz.
Googlega Private Krankenversicherung
MAWISTA Student, yokida DAK-Gesundheit deb yozasiz va saytlarida ko'rsatilgan elektron so'rovnomani to'ldirasiz yokida E-mail orqali xohshingizni bildirasiz va ular siz bilan qayta bog'lanishadi.

Jarayon qancha vaqt davom etadi?
Odatda kamida 48 soat ammo hujjatlar kamchiliklari va boshqa omillar sababli istagancha orqaga surilishi mumkin. Bu sizga va sizni sug'urtalovchi firmaga bog'liq.

P.S. Fikrlarim davomida sizning tabiatingizga mos kelmaydigan so'zlarni ishlatgan bo'lsam yokida aynan sizni hayolingizga kelgan savolga to'xtalmagan bo'lsamda rozi bo'lasiz degan umiddaman va bu post hech qanday sug'urta kompaniyalarini reklamasi emas, shunchaki barchasi xolisona siz uchun.

Hech qachon kasal bo'lmang Hurmat bilan Zafar Usarov.

Telegram || Instagram || YouTube