Get Mystery Box with random crypto!

​​​​​​Germaniyada o’qishni, ishlashni xohlar ekansiz IELTS dar | Germaniyada Bepul Ta’lim

​​​​​​Germaniyada o’qishni, ishlashni xohlar ekansiz IELTS darajangiz 9 bo’lsa ham nemis tilini bilishingiz kerak emas balki shart! Siz nemis tilini o’rganishni boshlar ekansiz turli xil qiyinchiliklarga duch kelishingiz tabiiy. Eng avvalo o’zingizdagi dangasalikni yengishigiz kerak bo’lsa, keyingi bosqichda til o’rganishingizga yordam beruvchi materiallar sizni „siylaydi“ (Guter Unterricht braucht gute Materialien). Ko’pchilik nemis tilini yaxshi bilganlar „Yangi O’zbekistonda“ emas Germaniyada sababi esa barchamizga ma’lum.

O’zbekistonda ham yaxshi ustozlar bor ammo yetarlicha deb bo’lmaydi. borlarini ham qadrlamasak „chamadonini“ yig’ishtirib boshlaydi. Shu kungacha o’zbek auditoriyasida nemis tilini o’rgatuvchi onlayn platformalar mutlaqo yo’q bor bo’lsa ham men bilmayman ammo shunday platformalarni yaratishga harakat qilayotganlar bor, shulardan biri @olmonakademiyasi . Odatda bunday platformalar yillar davomida zarariga ishlaydi, ishonavering. Bunday loyiharlarni biz qo’llab-quvvatlamasak, daraxtlarni o’zimiz kesib „yashil aksiya “ o’tkazayotgan maddohdek bo’lib qolamiz.

@olmonakademiyasi kurslariga yoziling, nemis tilini o’rganing va loyihani rivojlanishiga o’z hissangizni qo’shing. Bu hech qanday reklama emas, shunchaki tavsiya.

Sizlarga ein schönes Wochenende tilagan holda, hurmat bilan Zafar

@nemistili_uz || @olmonakademiyasi