Get Mystery Box with random crypto!

Bugun 1-apreldan qabul boshlanadi. International Excellence S | 🇺🇿 Nemischa - Deutsch 🇩🇪

Bugun 1-apreldan qabul boshlanadi.

International Excellence Scholarship Program (IES) - barcha yo'nalish va bosqich talabalari uchun Germaniyada almashinuv dasturi!

Copernicus Berlin tashkiloti tomonidan tashkillashtiriladigan bu dastur bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalariga Germaniyada 1 semestr davomida o'qish hamda amaliyot o'tash imkonini beradi.

Dasturda ingliz yoki nemis tilida qatnashish mumkin.

Ishtirokchilar uchun 2 xil grant mavjud:
1. To'liq grant: Dasturda qatnashish bilan bog'liq barcha xarajat qoplanadi.
2. Qisman grant: Yo'l va tibbiy sug'urta xarajatlaridan boshqa xarajatlar qoplanadi.

Navbatdagi dastur uchun arizalar 2022-yil 1-apreldan 15-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/international-excellence-scholarship-program-ies-barcha-yonalish-va-bosqich-talabalari-uchun-germaniyada-almashinuv-dasturi-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar