Get Mystery Box with random crypto!

Nemis tilini mustaqil o'rganmoqchi bo'lganlar uchun foydali ma | Nemis Tili | Germaniya grantlari 🇩🇪

Nemis tilini mustaqil o'rganmoqchi bo'lganlar uchun foydali manbalar

1. Deutsch Lernen - bu kanalda siz o'z nemis tilingizni yanada yaxshilashingiz uchun grammatik ko'plab mashqlar, nemischa so'zlar jadvali, xat yozish shakli (Prüfungsbrief), og'zaki va yozma ko'nikmalar uchun misollar, shuningdek, barcha darajalar uchun test namunalari va videolarini topishingiz mumkin.

2. Deutschlernerblog - ushbu sayt 2008-yilda nemis tilini o'rganuvchilar uchun maxsus ochilib, bloggerlar tomonidan yuritiladigan saytdir. Unda siz – Hörverstehen, Leseverstehen, Wortschatz, Grammatik, Übungen, Prüfungen, Schreiben, Quiz, Musik, Videos, Bilder - barcha materiallardan bepul foydalanishingiz mumkin.

3. deutsch-online - ushbu sayt rusiyzabon foydalanuvchilar uchun juda yaxshi sayt. Unda nemischa kerakli materiallardan tashqari turli forumlar, online kurslar, Germaniyadagi hayot haqida bir-biridan qiziqarli ma'lumotlar berib boriladi.

4. hueber.de - bu sayt mashhur Hueber Verlag (nashriyoti) tomonidan yuritiladi. Saytga kirib bilimingizni tekshirib ko'rishingiz mumkin.

5. Deutsche Welle - nemislarning eng mashhur sevimli radioto'lqinlaridan biri va nemis tilini keng targ'ib etadigan sayt hisoblanadi. Shunchaki kirib istagancha video va audiolardan tekin foydalaning va nemischangizni yaxshilang.

6. englisch-hilfen.de - ushbu sayt ingliz tilisi yaxshi bo'lgan, inglizchani "qotirib'' qo'yadigan, biroq nemis tilini "через" ingliz tili orqali o'rganmoqchi bo'lganlarga juda foydali.

7. startdeutsch.ru - ushbu sayt ham rusiyzabon o'rganuvchilar uchun mo'ljallangan hamda yaxshi materiallar judayam ko'p.

Siz nemis tilini mustaqil o'rganish uchun qanday saytlardan foydalanasiz? Fikrlaringizni izohlar qismida qoldiring

grantlar_namuna
____________________________
@Nemis_tili_kanal -Nemis tilini o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun Bepul darslar va Germaniya Grandlari kanali