Get Mystery Box with random crypto!

#Foydali_Malumot Wie viel kostet es in Deutschland zu studier | Nemis Tili | Germaniya grantlari 🇩🇪

#Foydali_Malumot

Wie viel kostet es in Deutschland zu studieren?


Umuman olganda Germaniyada o’qish uchun qancha pul kerak va qanday qilib o’zingizni moliyaviy ta’minlashingiz mumkin.

Deutschen Studentenwerks ma'lumotlariga ko'ra, o'n semestrlik kurs har bir talabaga jami 36 000 dan 75 000 evroga to'g'ri keladi. Ota-onalar yashash va o'qishi uchun oyiga 596 dan 1250 yevrogacha moliyaviy ko’mak berishlari kerak. Yokida talabaning o’zi o'qib o’z xarajaatlarini qoplashlari kerak bo'ladi. Talaba sifatida haftasiga 20 soatdan oshqish ishlay olmaysiz bu deganiki 1 oyda 80 soat ishlashingiz mumkin. Eng kam ish haqqi soatiga 12 yevro demak 12x80=960 atrofida pul ishlashingiz mumkin. Bu albatta eng kam ish haqqi bilan hisoblanganda agar siz o’z sohangizni yaxshi mutaxasisi bo'lsangiz soatiga 20 dan 40 yevrogacha ham ishlashingiz mumkin. Bu sizning qo’lingizdan nima ish kelishi va risqingizga bog'liq.

Talaba sifatida siz davlatga soliq to'lamasdan oyiga 520 yevrogacha pul ishlashingiz mumkin. Undan yuqorisi uchun soliq to’lashingiz kerak bo'ladi. Shunday qilib, agar siz har oyda maoshingizni mini-ish asosida olsangiz, yiliga 6240 yevro olasiz.

Was ist das teuerste Studium in Deutschland?
Tibbiyot talabalari universitetlarda eng ko'p pul sarflaydilar. Barcha moddiy va universitet shifoxonasi xarajatlarini hisobga olgan holda, bitta Med talabasining xarajatlari yiliga to'liq 31,000 yevroni tashkil qiladi. Ganz schön happig!

Spielt das Alter für ein Studium in Deutschland eine Rolle?
Sizning yoshingiz sizni o’qishdan mahrum qilmaydi. 90 yoshda Günther Blum Marburg universitetining eng keksa talabasi va ehtimol Germaniyadagi eng keksa talabalardan biri. Umuman olganda Germaniyada qaryalar uchun ham alohida yo’nalish va guruhlar bor.

Nemistili_Uz
________________________
@Nemis_tili_kanal -Nemis tilini o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun Bepul darslar va Germaniya Grandlari kanali