Get Mystery Box with random crypto!

Assalom aleykum hurmatli vatandoshlar, siz azizlarni yaqinlash | Deutsch für Alle! 🇩🇪 🇺🇿 ( Rasmiy kanal)

Assalom aleykum hurmatli vatandoshlar, siz azizlarni yaqinlashib kelayotgan mustaqillik bayramimizni 31 yilligi bilan tabrikliyman. Shu munosabat bilan „Sharqona“ jamiyati  siz azizlarni 03.09.2022 soat 14:00 da mustaqillik bayramini birgalikda nishonlashga chorlaydi.
Tadbirimiz davomida sizlarni turli xildagi konkurslar, qiziqarli viktorinalar, o‘yin-kulgu va eng asosiysi o‘zbek xalqining milliy taomlarining sultoni osh-palovxonto‘ra tortilishi kutmoqda. Eng muhimi bu osh sizu-biz tarafimizdan musobaqa tarzida “eng shirin osh“ naminaciyasi asosida o‘tqazilib, 3 xil ko‘rinishdagi, ya‘ni Samarqand-Toshkent-Vodiy oshlaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin bo‘ladi.
Agar sizda qiziqish paydo bo‘lgan bo‘lsa o‘z mahoratingizni sinab ko‘ring!
Shoshiling joylar chegaralangan!
Hamkorlarimiz:
O’zbekiston Respublikasining Berlindagi elchixonasi, Dost Logistics
Narxlari : 25 Euro
Bolalarga 14 yoshgacha tekin.
Manzil: Köln shahri
Murojaat uchun: shahlo876@gmail.com
Hurmat bilan Sharqona jamiyat a‘zolari!