Get Mystery Box with random crypto!

Ishingizni o`yinga aylantiring ! Nega inson o`yinlar o`ynasa z | Nematov

Ishingizni o`yinga aylantiring !
Nega inson o`yinlar o`ynasa zerikmasdan kunlarini o`tqazib yuboradiku lekin 5 minutlik ish yillarga o`xshab ketadi?
Har qanday holatni qiziqarliroq qilsa bo`ladi

1.Qilayotgan ishingizdan ma’no toping

Nima uchun qilyapsiz , qanday ish qilayapsiz, nima maqsadda bu ishni qilyapsiz? Ma`nosi tushinilgan o`yinni o`ynash osonroq

2.Har qanday ishlaringizni yutuqlarga aylantiring

Ishga yo`l olish yoki kitobni ochish bir ajoyib jarayon bo`lsin. Axir bu ishni bajarolmayotganlar qancha . Siz bu imkoniyatdan foydalanayotganingiz o`zi yutuq

3.Maqsadlaringizni kichik qadamlarga bo`lib chiqing

Har bir bajarilgan ishni sizni natijaga yaqinlashtirishi emas o`zi tugatgan vazifangizni natija sifatida qabul qiling

4. Jarayon , natijalaringizga egalik qiling

Hozirgi darajangizni tan oling Oddiy inson bo`lishdan qo`rqmang. Ma`suliyatni o`z zimmangizga oling . Buni boshqalarga ham ayting (Do`stlar qarab turganda o`yinga boshqacha ishtiyoq bilan kiriladiku axir)

5. "Ochlik " (o'zingiz xohlagan kichik "narsa"ni olish uchun nima qilsangiz qiling faqat halol yo`l bo`lsin)

6. Oldindan natijalarga ishonib qolmang , yolg`on ishlatmang

Pora bermang , natijani sotib olmang. (Kod yozilgan o`yinni o`ynash oson lekin zerikarli) Keyingi bosqichdagi kutilmagan voqealari bor hayotda yashash qiziqarliroq

7. Maqsadingizga erishish uchun "yo`qotish" qo`rquvidan foydalaning

Masalan bugun o`rganmagan kasbiy bilimingiz ertaga yaqin insoningizga yordam berishdan sizni to`sadi.Bu shifokorlikda bir insonni o`limi bilan yakunlanadi deb hisoblasak bo`ladi

PS. Qiziqarli jarayonning bir qismi bu - yaxshi partnyor. O`qishda bu alohida, ishda, sportda hamma sohada sherik bo`lgani yaxshi. Bular sizni faqat oldinga chorlaydi. Qo`llab quvvatlaydi, raqobat qiladi, eshitadi, maslahat beradi!!!

Yuqoridagilarni hayotga tadbiq qilib ko`ring


@NematovShR