Get Mystery Box with random crypto!

Bir yarim yoshli boladan o'rganlarim 1. Oldiga qoʻygan maqsad | Nematov

Bir yarim yoshli boladan o'rganlarim

1. Oldiga qoʻygan maqsadiga erishishlik

Nimani hohlasa , qanday boʻlmasin erishadi. Unga qanday yoʻl bilan erishish muhim emas muhimi natija.

2. Doimo qiziquvchan boʻlish

Hamma narsaga qiziqish , sinab koʻrish oʻrganish. Bu esa risklarga sabab boʻladi. Tavakkal qilishni oʻrgatadi insonga

3. Oʻz ehtiyojlarini birinchi oʻringa qoʻyish

Avvalo oʻzi sogʻ, qorni toʻq boʻladi va qolganlarga yordam qila oladi.(birga oʻynaydi). Agar biror kamchiligi boʻlsa hal qiladi. (Qildiradi)
Ha albatta oʻzi kasal shifokor bemorga sifatli xizmat koʻrsata olmaydi .
Va yana pul haqida ajoyib fikrlar bor : puli kam insonlar yoki endi harakatdagilarga pul muhim emas hayotda deyishadi. Pul birlamchi ehtiyojlarni qondirish uchun kerak vosita. Pul muhim emas deydigan darajaga avval chiqing va shunday fikrlaysiz .
Bir maqol bor adashmasam
oʻziga yordam berolmagan inson , boshqalarga ham yordam berolmaydi


4. Diplomatiya

Insonlar bilan qanday muomala qilish. Doimo kulib qaraydi. Ularni shirinsoʻzlik bilan chaqiradi.tamom aytganini qildiradi soʻngida. :) Bu yoshligimizdan bizda boʻlgan katta boʻlganda unutib yuborgan odatimiz . Buni oʻrgansangiz hamma joyda ishingiz "besh"

5. Va ajoyibi oʻzini xursand qila oladi.

Unga kulishi uchun hech qanday sabab kerak emas . Uning kulgusi esa qolganlar xursandchiligi uchun sabab boʻladi.


@NematovShR