Get Mystery Box with random crypto!

Maqsad yoki Orzu Bu ikki soʻz bir-biriga sinonimdek goʻyo, | Nematovic || Blog

Maqsad yoki Orzu

Bu ikki soʻz bir-biriga sinonimdek goʻyo, lekin mening shaxsiy adekvat fikrim birozgina boshqacharoq.

Mening fikrim shuki, insondagi orzu-istaklar vaqtimchalik boʻladigandek, bu hislar asosan insonning yoshlik chogʻida juda koʻp boʻlishi aniq.

Ammo vaqt oʻtgan sayin inson tafakkuri, fikrlash doirasi, dunyo qarashi oʻsib borishi bu tabiiy holat, jarayondir. Shu sababli yoshlikdagi orzu-istaklarning birmunchasi aniq bir tizimga va yoʻnalishga ega boʻlgan Maqsadga aylanadi va qolgan boshqa bir qismi esa orzuligicha qoladi. Balki, oʻsha chetda qoladigan orzu-istaklar bir kun kelib Maqsadga aylanishi mumkin. Avvalo buning uchun inson oʻz oldiga qoʻygan maqsadlarini roʻyobga chiqarishi lozim.

Oʻzimni misol qiladigan boʻlsam, yoshligimda juda koʻp orzu-istaklarim boʻlgan( teparoqda ta'kidlaganimdek bu holat barchada roʻy bergani tayin ), balki ularning ba'zilari kulguli, ba'zilari esa aniq bir fikrga ega boʻlgan istaklar edi. Vaqt oʻtgan sayin mendagi orzu-istaklar ikki guruhga ajralayotganini seza boshladim. Avval men har bir orzu-istaklarimni osongina hayol qila olgan boʻlsam, keyinchalik ularning ichidan asosiy bir nechasi ajralib chiqqanini bildim va men oʻsha Maqsad(orzu)lar uchun aniq bir tizim orqali harakat qila boshladim. Keyinchalik maqsadlarim oʻrnini natijaga, orzularimni oʻrnini yangi maqsdalarga boʻshatdim.
In shaa Alloh oldimdagi maqsadlarim roʻyobiga oz qoldi.



Xullas, gapni indallosi (shaxsiy fikr) Insonda faqat orzu bilan cheklanib qolmasligi kerak. Orzuni Maqsadga, Maqsadni Muvoffaqiyatga oʻzgaritirish vaqti kelmadimikan?