Get Mystery Box with random crypto!

1-dars Mavzu: Eritma Eritma–erituvchi, erigan modda va u | Nega kimyo

1-dars

Mavzu: Eritma

Eritma–erituvchi, erigan modda va ularning o‘zaro ta’sirlashuv mahsulotlaridan iborat bir jinsli tuzilmadir.

Erigan modda - NaCl

Erituvchi modda- H2O

Erigan modda+Erituvchi modda=Eritma hosil boʻladi.

Demak eritma 3 hil boʻladi.

1. To‘yinmagan eritma – ayni haroratda to‘yingan eritmada mavjud erigan moddadan kam miqdorini tutuvchi eritma.

2. To'yingan eritma-ayni haroratda eritmada erigan moddadan yetarlicha tutuvchi eritma.

3.O'ta to'yingan eritma-ayni haroratda eritmada erigan moddadan koʻp miqdorda tutuvchi eritma.

100 gr suv olsam unda 20 gr tuz erigan boʻlsin bunda 100+20=120 gr eritma hosil boʻladi ayni haroratini 20 °C bo'lsin lekin eruvchanlikgi 25 gr tashkil etsin yaniy 20 gr emas 25 gr tuz erigan boʻlganda edi to'yingan eritma hosil boʻlar edi. Hozir bizdagi eritma toʻyinmagan eritma uni to'yintirish uchun yana 5 gr tuz qoʻshishimiz kerak boʻladi va bunda 120+5=125 gr to'yingan eritma hosil boʻladi. Endi shu eritmamizni o'ta to'yingan eritmaga aylantirishimiz uchun harorat paytirish yokiy eritmadagi suvni bug'latish kerak boʻladi.O'ta to'yingan eritma beqaror boʻladi mehanik taʼsir natijasida erigan modda choʻkmaga tushib qoladi.