Get Mystery Box with random crypto!

Ozarbayjonda neft bilan davolovchi sihatgoh borligini eshitga | Neft va Gaz

Ozarbayjonda neft bilan davolovchi sihatgoh borligini eshitganmisiz?

Naftalanga oid dastlabki ma'lumotlar, buyuk Ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Nizomiy Ganjaviyning (1141-1201) asarlarida uchraydi.

U Naftalan shahri yaqinida joylashgan Safi-Kurd qishlog'idan turli karvonlar tomonidan naftalan neftni olib ketishlari haqida yozadi.

Naftalan koni - Naftalan shahri Ozarbayjon poytaxti Bokudan, 320 km uzoqlikda joylashgan.

1873-yilgacha naftalan nefti, sayoz quduqlardan qo'lda qazib olingan.

1874-yilda nemis muhandisi Jager mahalliy aholining naftalan haqidagi hikoyalariga qiziqib, naftalan neftidan Germaniyada, “Naftalan” malhamini ishlab chiqarishni boshladi.

1926-yildan dala zonasida ixtisoslashtirilgan, “Naftalan” sihatgohi ishlay boshladi.

Bu yerda turli mamlakatlaridan kelgan bemorlar, naftalan nefti vannalarida tayanch-harakat tizimi, nevrologik, teri, ginekologik va urologik kasalliklar bilan davolanishadi.

Ma'lumotlar internet tarmoqlaridan olingan

@shgkm_uzb