Get Mystery Box with random crypto!

NDKTU_AL

Telegram kanalining logotibi ndkial — NDKTU_AL N
Telegram kanalining logotibi ndkial — NDKTU_AL
Kanal manzili: @ndkial
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.77K
Kanalning ta’rifi

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyi axborot xizmati.

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-07-09 22:54:51
Эртага, 10 июль куни чет тилидан касбий (ижодий) имтиҳон ўтказиладиган таълим йўналишларига қабул тугайди
#abituriyent

Жорий йилдан бошлаб 6 та ОТМнинг хорижий тилларга ихтисослашган юқоридаги расмда қайд этилган айрим йўналишларига киришда чет тилидан касбий (ижодий) имтиҳон ўтказилади. Булар қуйидаги ОТМлар:

Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети;
Самарқанд давлат чет тиллар институти;
Тошкент давлат шарқшунослик университети;
Тошкент давлат педагогика университети;
Қўқон давлат педагогика институти;
Нукус давлат педагогика институти.

Мазкур йўналишларга абитуриентларни онлайн рўйхатга олиш 10 июлга қадар амалга оширилади. Демак, юқоридаги 54 та йўналиш учун эртага қабул тугайди!

Қўшимча маълумотлар:

чет тилидан касбий (ижодий) имтиҳон топшириладиган йўналишларни танлаган абитуриентларга фақат юқорида келтирилган 6 та ОТМнинг 54 та йўналишлари доирасида бештагача таълим йўналишларини танлаш имконияти берилади. Аммо бунда ҳам фанлар кетма-кетлиги муҳим. Масалан, инглиз тили филологиясини танлаганда Шарқшуносликни танлаб бўлмайди, чунки у ерда инглиз тили йўқ.

чет тили фанидан касбий (ижодий) имтиҳон топширадиган абитуриентлар чет тили фанидан тест синовлари топшириладиган йўналишларни танлай олмайди;

мазкур таълим йўналишларига кириш учун чет тилидан касбий (ижодий) имтиҳонлар B1 даражаси формати ва баҳолаш мезонлари асосида ўтказилади;

чет тилидан B2 ва ундан юқори даражадаги миллий ёки халқаро сертификатга эга абитуриентлар чет тилидан касбий (ижодий) имтиҳон топширмайди ва уларга чет тили фанидан имтиҳонларсиз максимал балл берилади.


@xushnudbek
1.1K viewsБону, 19:54
Ochish/sharhlash
2022-07-09 08:11:22
Қурбон ҳайитингиз муборак бўлсин!

Аллоҳнинг раҳмати бир сизга бўлсин.
Умрингиз исломнинг нурига тўлсин.
Шукурким етказди улуғ кунларга.
Ушбу ҳайит айёми муборак бўлсин
1.1K viewsБону, 05:11
Ochish/sharhlash
2022-07-09 05:12:55
#Soʻragan_edingiz

Bu yil akademik litseylarga o‘qishga qabul qilish qay tartibda o‘tmoqda?

10-iyul kuniga qadar litsey.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish amalga oshirilmoqda;

ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentga 3 tagacha litseyni tanlash imkoniyati berilgan (bunda ta’lim tili bir xil bo‘lgan bittadan mos yo‘nalish belgilanadi);

imtihonlar ikki bosqichda – dastlabki yozma imtihon va kirish test sinovlari o‘tkaziladi;

imtihon savollari umumta’lim fanlarining 5—9-sinf dasturlari asosida tuziladi;

abituriyent o‘zi tanlagan hududda tashkil etiladigan test sinovlarida ishtirok etish huquqiga ega;

dastlabki yozma imtihonlar akademik litsey tomonidan 2022-yil 13—16-iyul kunlari;

kirish test sinovlari esa DTM tomonidan 2022-yil iyul oyida o‘tkaziladi. Test sinovlari o‘tkaziladigan aniq kunlar dastlabki imtihonlar yakunlangandan soʻng qoʻshimcha ravishda e’lon qilinadi.

Bizni kuzating: @eduuz
1.2K viewsМансур Маматкулов, 02:12
Ochish/sharhlash
2022-07-07 10:09:18
Abituriyentlar uchun maxsus @eduuzuniversalbot ishga tushirildi

Unda siz uchun eng muhim quyidagi maʼlumotlarni oson topishingiz mumkin.

BAKALAVR:
Fanlar majmuasi—2022;
Qabul kvotalari—2022 (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy);
Oʻtish ballari—2021 (hududlar, yoʻnalishlar kesimida).

MAGISTRATURA:
Fanlar majmuasi—2022;
Qabul kvotalari—2022
Oʻtish ballari—2021 (OTM kesimida).

Shuningdek:

Xorijiy hamda nodavlat OTMdan oʻqishni koʻchirish boʻyicha 2022-yil uchun oʻtish ballari;
Professional taʼlim muassasalari va akademik litseylar haqida maʼlumot, ularga 2022/2023-oʻquv yilida oʻqishga qabul qilish boʻyicha qabul kvotalari va fanlar majmuasini bilishingiz mumkin.

@eduuzuniversalbot biz sanamagan yana koʻplab qulayliklarga ega.
1.2K viewsБону, edited  07:09
Ochish/sharhlash
2022-07-07 07:31:27
Bugun Universitetimizning 27 yilligi nishonlanmoqda!!!
1995 yil 7 iyulda Navoiy davlat konchilik instituti tashkil qilingan bo'lib, 2022 yilga kelib Universitet maqomini oldi.
Barchaga Universitetimizning 27 yoshi muborak bo'lsin!!!
1.2K viewsБону, edited  04:31
Ochish/sharhlash
2022-07-06 19:29:04
#Qabul2022
#akademik_litsey

Maʼlumki akademik litseylarga onlayn qabul 10-iyul kuniga qadar uzaytirildi.

Ushbu videoqo'llanmada litsey.edu.uz platformasi orqali hujjat yuborish tartibi bilan tanishishingiz mumkin

Bizni kuzating: @eduuz
1.1K viewsБону, 16:29
Ochish/sharhlash
2022-07-06 11:59:21
#Qabul2022
#akademik_litsey

Akademik litseylarga qabul 10-iyulga qadar uzaytirildi

Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq akademik litseylarga hujjatlar qabul qilishning oxirgi kuni joriy yil 10-iyul etib belgilandi.

Akademik litseylarga 2022/2023-oʻquv yili uchun hujjat topshirish istagida boʻlganlar 10-iyul soat 24:00 ga qadar onlayn tarzda litsey.edu.uz elektron platformasi orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

MA'LUMOT UCHUN: Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar
10-iyulga qadar elektron platforma orqali onlayn ariza holatini tekshirishi va oʻzgartirishlar kiritishlari mumkin.

Bizni kuzating: @eduuz
1.5K viewsБону, 08:59
Ochish/sharhlash
2022-07-02 08:58:06
9 июль Қурбон ҳайити байрами этиб белгиланди

“Қурбон ҳайитини нишонлаш тўғрисида”ги Президент қарори қабул қилинди.

Қарорга кўра, 2022 йилда Қурбон ҳайитининг биринчи куни 9 июль – шанбага тўғри келиши муносабати билан Қурбон ҳайити байрами сифатида нишонланади.

Президент фармонига мувофиқ, 2022 йилда қўшимча дам олиш кунлари белгиланган.

Шунга кўра, Қурбон ҳайити арафасида иш ҳафтасининг туридан қатъи назар 4 кун дам олинади. Бунда:

● 9 июль (шанба) – Қурбон ҳайити байрами;
● 10 июль (якшанба) – дам олиш куни;
● 11 июль (душанба) – барча ходимлар учун қўшимча дам олиш куни;
● 12 июль (сешанба) – 6 кунлик иш ҳафтасида ишлайдиганлар учун қўшимча дам олиш куни, 5 кунлик иш ҳафтасида ишлайдиганлар учун 16 июль (шанба) дан кўчирилган дам олиш куни.

@uza_uz
1.7K viewsБону, 05:58
Ochish/sharhlash
2022-07-01 08:49:49 9-синф битируачилари! Академик лицейга Кабул давом этмокда. Хужжат топширишга улгурмаганлар топшириши мумкин
2.1K viewsМансур Маматкулов, 05:49
Ochish/sharhlash
2022-06-30 13:34:02
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar kuni — Oʻzbekistonning milliy bayrami boʻlib, har yili 30-iyun — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 30-iyun kuni boʻlib oʻtgan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida ilk bor "Yoshlar kuni"ni nishonlash toʻgʻrisida e’lon qilgan, shu kunning oʻzida yangi tashkilot – Oʻzbekiston yoshlar ittifoqini yangi maqsad va vazifalar bilan tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan edi.
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 14-avgustda qabul qilingan va 2017-yil 24-avgustda Senat tomonidan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar kunini belgilash toʻgʻrisida”gi qonun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017-yil 25-avgustda imzolangan.
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar akademik litsey jamoasi barcha yoshlarni "Yoshlar kuni" bilan chin qalbdan tabriklaydi.
#yoshlarkuni
1.6K viewsБону, 10:34
Ochish/sharhlash